Qatar JCH-2022dan oldin Arab Kubogi musobaqasini o'tkazadi
28 apr 2021 16:51
Yangiliklar
Qatar JCH-2022dan oldin Arab Kubogi musobaqasini o'tkazadi
Lekin ungacha Qatar yana bir katta musobaqaga mezbonlik qiladi. Gap arab davlatlari o'rtasida tashkil etiladigan Arab Kubogi musobaqasi haqida boryapti. Kecha Dohadagi "Katara Opera House"da ushbu musobaqa uchun qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi. Marosimda FIFA prezidenti Janni Infantino ham ishtirok etdi.
Qura natijalari:
"A" guruhi: Qatar, Iroq, Ummon/Somali, Bahrayn/Quvayt
"B" guruhi: Tunis, BAA, Suriya, Mavritaniya/Yaman
"C" guruhi: Marokash, Saudiya Arabistoni, Iordaniya, Janubiy Sudan, Falastin/Komor orollari.
"D" guruhi: Jazoir, Misr, Livan/Djibuti, Liviya/Sudan.
Jamoalarni guruhga bo'layotganda FIFA reytingidagi o'rinlaridan kelib chiqildi. Natijada eng yaxshi ko'rsatkichga ega 9ta jamoa to'g'ridan to'g'ri guruhlarga tushdi. Qolgan 12ta jamoa esa o'zaro pley-off bahsida maydonga tushadi. Mazkur musobaqa shu yilning ikkinchi yarmida Qatardagi jahon chempionati o'yinlari bo'lib o'tadigan 6ta stadionda tashkil etiladi.
Pley-off juftliklari:
Ummon - Somali
Bahrayn - Quvayt
Mavritaniya - Yaman
Falastin - Komoro orollari
Livan - Djibuti
Liviya - Sudan
Fikrlar