Qatar chempionati. Manjukich va Rashidovning gollari hisoblanmagan bahsda durang qayd etildi
04 jan 2020 22:15
Yangiliklar


Qatar chempionati. Manjukich va Rashidovning gollari hisoblanmagan bahsda durang qayd etildi
Qatar Yulduzlar Ligasi 12 turi doirasida Sardor Rashidov harakat qilayotgan “Qatar SK” mehmonda musobaqa peshqadami “Al-Duhail”ga qarshi o'ynadi.
Mezbonlar safida xorvatiyalik forvard Mario Manchukich debyut qildi va 13 daqiqada raqib darvozasini ishg'ol etgandi. Ammo uchrashuv hakami VAR'ga murojaat qilib, Marioning goli o'yindan tashqari holatda urilgani bois uni bekor qildi. Birozdan so'ng Sardor Rashidovning goli ham ofsayd tufayli hisobga olinmadi. SHu tariqa, o'yin nursiz durang bilan yakunlandi.
Bugungi bahsdan keyin “Al-Duhail” ochkolari sonini 30taga etkazib, peshqadamlik qilishda davom etmoqda. "Qatar SK" esa 13 ochko to'plagan holda 8 pog'onada bormoqda.
“Al-Duhail” – “Qatar SK” 0:0 (0:0, 0:0)
"Thani bin Jassim Stadium"
Hisobga olinmagan gollar: Mario Manjukich 13 (ofsayd), Sardor Rashidov 20 (ofsayd).
O’xshash yangiliklar

Fikrlar