Qatar chempionati boshlandi: "Navbahor"ning raqibida g'alaba, OKMK raqibi esa durang o'ynadi
17 avg 2023 07:34
Yangiliklar
Qatar chempionati boshlandi: "Navbahor"ning raqibida g'alaba, OKMK raqibi esa durang o'ynadi
Qatar yulduzlar ligasida yangi mavsum start oldi.
O'zbek klublariga Osiyo chempionlar ligasining 2-saralash bosqichida aynan Qatar klublari raqiblik qilishadi.
Guruh bosqichiga chiqish uchun "Navbahor"ga qarshi o'ynaydigan "Al Vakra" 1-turda "Muaiter"ni 3:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. OKMKga raqib bo'ladigan "Al Arabi" esa "Al SHamal" bilan 1:1 hisobida durang qayd etdi.
Qatar yulduzlar ligasi
16 avgust
1-tur
"Al Vakra" - "Muaiter" 3:0
Gollar: Benettu 45, Assal 45+3, Assal 72.
"Al Arabi" - "Al SHamal" 1:1
Gollar: Nani M. (avtogol) 29, Olvan 90+2.
Eslatib o'tamiz, 22 avgust kungi OCHL saralash o'yinida ikki klubimiz aynan Qatar jamoalari mehmoni bo'ladi:
OCHL saralashi, 2-bosqich
20:30 - "Al Vakra" - "Navbahor"
22:30 - "Al Arabi" - OKMK
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar