Qatar bosh murabbiyi: "Biz yanada kuchli jamoaga aylanamiz"

Xayrulla Xoliqov
2 fev 2019, 13:32
Shunday qilib navbatdagi Osiyo Kubogi ham o'z nihoyasiga etdi.

Musobaqada g'oliblikni qo'lga kiritish bu safar Qatar terma jamoasiga nasib etdi. Qatar o'z tarixida birinchi marta Osiyo chempioni bo'ldi.

Albatta, o'yindan keyin jamoa bosh murabbbiyi Feliks Sanchesning kayfiyati nihoyatda yuqori edi. U shubhasiz katta ishni bajardi. Uni hech ikkilanmay Osiyo Kubogining eng yaxshi murabbiyi desa bo'ladi. 

Qatar musobaqada o'tkazgan barcha o'yinlarini g'alaba bilan tugatdi. To'plar nisbati 19-1 ko'rinish oldi. Kecha ko'rdikki, hatto Yaponiya ham bu jamoaga qarshi hech narsa qila olmadi.

Ispaniyalik murabbiy Feliks Sanches OFK rasmi saytiga bergan intervyusida quyidagi fikrlarni bildirdi:

"Biz bu erga har bir o'yinda o'zimizni ko'rsatish uchun kelgandik. Osiyoning eng kuchli jamoalari bilan tengma-teng kurasha olishimizni namoyish etish bosh maqsadimiz edi".

"Jamoamiz o'yindan o'yinga kuchayib bordi, har bir raqibga qarshi o'zimizning eng yaxshi xislatimizni ko'rsata oldik. O'ylaymanki, qo'lga kiritilgan yutuq orqali Qatarni hamma hurmat qiladi. Nasib qilsa, jamoa bundan keyin ham kuchayishda davom etadi".

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: the-afc.com