Qatar amiri PSJ bazasiga keldi va o'yinchilarga murojaat qildi Yangiliklar

Qatar amiri PSJ bazasiga keldi va o'yinchilarga murojaat qildi

Qatar amiri PSJ bazasiga tashrif buyurdi.

Tamim bin Xamad Al Tani boshqaruv raisi Nosir Al Xelayfining hamrohligida klubga keldi.

U murabbiylar shtabi va birinchi jamoa o'yinchilari bilan uchrashdi. Amir PSJning erkaklar va ayollar jamoasi CHempionlar ligasi yarim finaliga chiqqanidan g'ururlanishini aytdi.

U shuningdek bazadagi yangi binolarni ko'zdan kechirdi, mashg'ulotlar bazasini rivojlantirish va yangi stadion qurilishi rejalari bilan tanishdi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика