Qatar amiri Mbappe bo'yicha qarorini malum qildi
06 apr 2020 13:00
Yangiliklar
Qatar amiri Mbappe bo'yicha qarorini malum qildi
Forvard Kilian Mbappe mavsum so'nggida PSJdan ketmaydi.
Bunday qarorni klubning xo'jayini, Qatar amiri Tamim bin Xamad Al Tani qabul qildi.
"SHamol bo'ladi, qor va yomg'ir yog'adi, ammo Mbappe qoladi, bu amirning xohishi", - deydi vaziyatga yaqin insonlardan biri.
Oldinroq, PSJ o'yinchisiga "Real" qiziqayotganligi borasida xabarlar yangragandi, ammo parijliklar Madrid klubining taklifini ham ko'rib chiqmaydigan bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, franciyalik futbolchining PSJ bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.
Fikrlar