So’nggi yangiliklar

13:02"Истиқлол" - "Пахтакор" учрашуви қаерда бўлиши эълон қилинди  0 12:46"Ливерпуль"дан 4, "Челси"дан 2 футболчи. АПЛнинг дастлабки 11 тур рамзий термаси тузилди  0 12:20Горецка АПЛ томон йўл олиши мумкин  0 11:55Халқаро майдонда фаолият олиб борувчи ўзбекистонлик мутахассислар сони ортди  0 11:36Кубо учун топ-клублар курашади  1 11:12"Байер" футболчиси "Барселона" ёки "Бавария"га ўтади  2 10:53ХХI асрнинг энг яхши африкалик футболчилар рейтинги тузиб чиқилди  6 10:20«Adidas» Аргентина терма жамоаси билан ҳамкорликнинг 50 йиллиги шарафига махсус форма тақдим этди  1 09:47«Барселона» афсонаси Месси нима сабабдан Роналдудан кучли эканлигини тушунтириб берди  35 09:11Косово футболчилари Руминия билан ўйиндан сўнг кийиниш хонасига бир уюм чиқинди ташлаб кетишди  11 08:30Салоҳ ёшлигида кимга ўхшашни орзу қилганини айтди  0 07:56Родри «Ман Сити»ни тарк этса, қайси жамоага бориши маълум  7 02:54Миллатлар лигаси. Германиядан 7:0, Нидерландиядан 4:0 ва бошқа натижалар  0 01:58"Интер"нинг икки ҳужумчиси келаси ёзда клубдан кетади  0 01:21Дьёкереш учун курашда етакчи клуб номи маълум  4

Qashqirlar makonida tish-tirnoqsiz qolgan bo'rilar Yangiliklar

Qashqirlar makonida tish-tirnoqsiz qolgan bo'rilar

Teglar :  So'g'diyona
"So'g'diyona"ning g'alabasiz seriyasi 17 o'yinga etdi. Antirekordgacha 3 uchrashuv qoldi.

Quyida mulohaza yuritadigan mavzumiz bolalikda yog'och cho'pdan pistolet yasagancha qahramonlariga taqlid qilinadigan turk seriali yoki hayvonot bog'i to'g'risida emas. Biroq yuqorida takidlangan jumlani laqabi "bo'rilar" bo'lgan "So'g'diyona"ga bemalol qiyoslashingiz mumkin.

Jizzax klubi Coca Cola Superligasining 6-turida "Paxtakor"ga imkoniyatni boy berdi. Garchand uchrashuvning 6-daqiqasidayoq poytaxtliklar bir kishi kam bo'lib qolgan bo'lsa-da, Ivan Boshkovich shogirdlari bundan unumli foydalana olmadi. Aksincha, xotirjamlik oqibatida birinchi bo'limning o'zidayoq ikki bor "tarsaki" qabul qilib oldi. Ikkinchi bo'lim yakunlarida kutilganidan ancha kech urilgan Zenan Zaymovichning goli esa jamoasiga yordam bera olmadi. 

SHu tariqa, jizzaxliklarning chempionatdagi g'alabasiz seriyasi 17 o'yinga etdi. Jizzaxliklar so'nggi bor 2022 yilning avgustida “Dinamo”ni mag'lub etishning uddasidan chiqqandi. O'shanda ham Jasur Hasanov uchrashuvning so'nggi lahzalarida "bo'rilar"ga g'alaba taqdim etgandi.

"Dinamo" – "So'g'diyona" - 1:2  

Samarqand. "Dinamo" stadioni. 19.00

Hakamlar: Akobir SHukurullaev, Rishat Nugmanov, Aleksandr Sidorov, Husan Muzaffarov

Nazoratchi: Rustam Bobomurodov

Komissar: Qudrat Madraimov

Gollar: Marat Bikmaev 19 penalti, - 1:0. Javohir Qahramonov 25 penalti, - 1:1. Jasur Hasanov 89, - 1:2.

"Dinamo": 35.Aslonbek Ahrorov, 6.Ibrohim Yo'ldoshev (22.Abdujamol Isroilov, 67), 7.SHohruhbek Abdurahmonov, 15.Jo'rabek Mannonov (21.SHohruh Mahmudhojiev, 46), 17.Erkin Baydullaev (s), 19.Islom SHaripov, 20.Jasur Jumaev, 27.Marat Bikmaev, 31.Saydullo Rahmatov, 78.Elguja Grigalashvili,   88.Evgeniy CHumak

Zaxira: 12.Miloe Prekovich, 10.SHohmalik Komilov, 14.SHokir Yo'ldoshev, 16.Bobur Mamadaminov, 30.Jasur Umarov, 70.Oybek Nurmatov, 97.Fahriddin Alimov.

"So'g'diyona": 27.Milan Mitrovich (s), 2.Sardor Qulmatov, 6.Iskandar SHaykulov, 7.SHahboz Jo'rabekov, 17.Husniddin G'ofurov (10.SHohruz Norxonov, 53), 19.Javohir Qahramonov, 21.Abdujalil Manazarov (9.SHavkat Salomov, 63), 31.Luka CHermel, 26.Vitaliy Denisov (11.Jasur Hasanov, 63), 44.Yuriy Obshivac, 93.Marko Kolakovich,

Zaxira: 1.SHirinboy Abdullaev, 3.Dian Talxatov, 5.Ayubxon Nomanov, 20.Bahodir Nasimov, 28.Samandarjon Mavlonqulov, 77.Daniel Nasriddinov. 

Ogohlantirishlar: Marat Bikmaev 51

"Dinamo" hozircha "bo'rilar"ning so'nggi o'ljasi bo'lib turibdi. SHundan so'ng CHingiz Aytmatov "Qiyomat"idagi kabi qashqirlarni taqib etish boshlandi. Aslida, samarqandliklar mag'lub etilganidan keyin ham o'sha paytda Ulug'bek Bakaev qo'l ostidagi jamoaning ishlari chakki emasdi. Turnir jadvalida 4-pog'onani egallab turgan jamoa peshqadamdan atigi 1 ochko ortda borayotgandi. 

Superliga o'yinidan so'ng Tojikistonda OFK kubogi doirasida "Xo'jand" 4:0 hisobida taslim etildi. Oradan bir necha kun o'tgach, O'zbekiston kubogi doirasida "Mashal" qo'shimcha bo'limlarda mag'lubiyatga uchratildi. SHundan so'ng, jamoa toliqishni boshladi. Muborakliklarga qarshi o'yinda ham uchrashuv taqdiri asosiy vaqtda hal qilinmadi.

Keyinchalik "So'g'dyona" "Olimpik" maydonida engildi. Kubok doirasida esa "Qizilqum" penaltilar seriyasiga ko'ra mag'lub etildi. OFK kubogida "Istern" ham Norxonovning uchrashuv yakuniga 5 daqiqa qolganida kiritgan to'pi evaziga mag'lub etildi.

SHundan so'ng jamoaning ishlari batamom ortga keta boshladi. "Kuala-Lumpur Siti"ga qarshi yarim final oldidan chempionat doirasidagi 4 uchrashuvda bor-yo'g'i 2 ochko qo'lga kiritildi. Hatto nazorat uchrashuvida turnir jadvalining so'nggi pog'onalarida borayotgan "Dinamo"ga ham imkoniyat boy berildi. Ruhiy tushkunlik OFK kubogi bahsida o'z tasirini o'tkazmasdan qolmadi: "So'g'diyona" Jizzaxda "Kuala-Lumpur Siti"ga yutqazib, musobaqani tark etdi.

OFK Kubogi-2022. Xududlararo final

"So'g'diyona" – "Kuala-Lumpur Siti" - 0:0 (penaltilar seriyasi 3:5)

Bosh hakam: Ali Saboh Adday Al Qaysi (Iroq)

Qanot hakamlari: Haydar Abdulhasan Ali Ubaydi (Iroq), Amir Dovud Hussayn (Iroq)

Zaxira hakami: Mohanad Qosim Isi Sarray (Iroq)

Hakamlar nazoratchisi: Ali Hamad Madhad (BAA)

Komissar: Ahmad SHahir (Maldiv orollari)

OFK delegati: Takaaki Inokuchi (Yaponiya)

"So'g'diyona" sport majmuasi. 18.00

"So'g'diyona": 27.Milan Mitrovich (1.SHirinboy Abdullaev, 120+1), 2.Sardor Qulmatov, 6.Iskandar SHaykulov (77.Daniel Nasriddinov, 107), 7.SHahboz Jo'rabekov, 10.SHohruz Norxonov (17.Husniddin G'ofurov, 112), 11.Jasur Hasanov (s), 19.Javohir Qahramonov, 21.Abdujalil Manazarov (5.Ayubxon Nomanov, 112), 26.Vitaliy Denisov (39.SHavkat Salomov, 67), 31.Luka CHermel, 93.Marko Kolakovich

Zaxira: 3.Dian Talxatov, 12.Xislat Xalilov, 20.Bahodir Nasimov, 28.Samandarjon Mavlonqulov, 32.Nodirjon Soyibov,

"Kuala-Lumpur Siti": 1.Kevin Ray Mendosa, 4.Kamol Azizi, 6.Rayan Lambert (21.Kenni Pallraj, 100), 7.Romel Morales, 8.Zafri Yaxyo (30.Fakrul Ayman, 100), 9.Jankarlo Gallifuoko, 12.Deklan Lambert (25.Anvar Ibrohim, 100), 14.Akrom Mahinan, 16.Janasekaran Partiban, 17.Irfon Zakariya, 28.Paulo Jozue (s)

Zaxira: 44.Azri G'ani, 22.Nik Umar Nik Aziz, 27.Hadin Azman, 29.Arif SHaqirin, 33.Muhammad Fauzi, 37.Haqimi Azim, 88.Ridhvan Nazri.

Ogohlantirishlar: Sardor Qulmatov 80, Paulo Jozue 85.

Mazkur mag'lubiyat ham jamoaga salbiy tasir o'tkazdi hamda jizzaxliklarning kelgusi o'yinlarida fayz yo'qola boshladi. Ketma-ket ko'ngilsiz natijalardan so'ng 7 noyabr kuni omad keltiradigan niqobi ham yordam bera olmagan Ulug'bek Bakaev istefoga chiqarildi. Uning o'rniga jamoaga kelgan Yorqin Nazarov davrida ham klubning natijalari orqaga ketishda davom etdi. SHu tariqa, medallar uchun kurashni boshlagan klub 7-o'rin bilan chempionatni yakunladi.

Qishda etakchi futbolchilar jamoani tark etdi. Jumladan, SHohruz Norxonov, Luka CHermel, SHahboz Jo'rabekov kabi futbolchilar "Navbahor", Vitaliy Denisov esa OKMK safiga borib qo'shildi. Garchand ularning o'rniga Bobur Yo'ldoshev, Sanjar SHoahmedov kabi o'yinchilar jalb etilgan bo'lsa-da, tarkib o'tgan mavsumga nisbatan sezilarli ravishda kuchsizlandi. Yangi mavsumdagi dastlabki 4 o'yinda 1 ochko jamg'arilgach, kelganidan beri biror marta jilmayadigan natijaga erisha olmagan Yorqin Nazarovga chiqish eshiklari ko'rsatildi. 

Klubga esa "Bunyodkor" sobiq bosh murabbiyi Ivan Boshkovich olib kelindi. CHernogoriyalik mutaxassisning ham hozircha qo'lidan hech narsa kelmayapti. Ehtimol, yangi murabbiy uchun vaqt kerakdir, ungacha barchasi barbod bo'lmasa agarda. "Paxtakor"ga qarshi mag'lubiyatdan so'ng "So'g'diyona"ning chempionatdagi g'alabasiz seriyasi 17 uchrashuvga etdi. 

"So'g'diyona" uchun g'alabasiz seriyalar begona emas

Jizzaxliklar bundan avval ham uch bor ulkan g'alabasiz seriyani boshdan o'tkazgan. Klubning eng yomon natijasi 2005-2006 yilgi mavsumlarga to'g'ri kelib, unda ketma-ket 20 uchrashuvda jamoa lug'atida "g'alaba" so'zi o'chib ketgandi. 2005 yilning avgustida "Navbahor"ni 1:0 hisobida enggan "bo'rilar" navbatdagi muvaffaqiyatiga 2006 yilning may oyida "Xorazm"ga qarshi bahsda erishadi.

SHuningdek, "So'g'diyona" 2009-2011 yilgi mavsumlarda 16 hamda 2013-2014 yilgi mavsumlarda 11 g'alabasiz seriya qayd etgan. Ayni damda klub tomonidan so'nggi ikki antirekord yangilandi. Uchinchisiga esa yaqin qolmoqda...

Kelgusi turda Boshkovich shogirdlari o'zlari singari joriy mavsum ishlari "chiki-chiki" bo'lmayotgan "Qizilqum"ni qabul qiladi. Ehtimol, mazkur bahsda "qora seriya" bartaraf etilishi mumkin. Ammo har bir ochko uchun borini berib kurashayotgan navoiyliklar ham osonlikcha taslim bo'lmaydi.

Xullas, yarim yildan buyon tish-tirnoqsiz "qashqir"ga aylangan "So'g'diyona" hozirda raqiblarini cho'chitmay qo'ydi. Yangi yurishlarning baroridan kelishi uchun esa makondagi muhitni o'rniga qo'yib olishi lozim. Aks holda, akalari tomonidan o'rnatilgan antirekordning yangilanganini guvohi bo'lishimiz hamda Ivan Boshkovichning qo'lida ham ko'p vaqt o'tmasdan vokzal chiptasini ko'rishimizga to'g'ri keladi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика