So’nggi yangiliklar

01:32Сергей Лушан: "Мен бу масалада ҳоким билан кўп гаплашганман. Буни аллақачон амалга ошириш керак эди"  0 01:11Гёкереш "Спортинг" ва Швеция сафида мавсумдаги 63-голини урди - бу сафар Португалия кубоги финалининг 100-дақиқасида пенальти орқали  0 00:53Камолиддин Тожиев: "Муҳими уч очкони қўлга киритдик. Ўн нафар футболчимиз терма жамоаларга йўл олишади"  12 00:31Ҳаким Фузайлов: "Жамоам намойиш этган ўйиндан уялмайман"  3 00:24"Ливерпул"га АПЛ ғолиблиги учун кубокни қабул қилиб олди  5 23:32U-17 Жаҳон чемпионатига қуръа ташланди. Ўзбекистон "J" гуруҳидан жой олди  21 23:14Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" меҳмонда сенсацион тарзда "Бешиктош"ни таслим этди, Алиқулов сўнгги дақиқаларда майдонга туширилди  0 23:00Суперлига. "Динамо" 90+8-дақиқада камбэк эвазига "Қизилқум"ни мағлуб қилди  38 22:52"Атлетик" — "Барселона". Ла Лигада мавсумнинг сўнгги ўйини учун таркиблар маълум  4 22:48А Серия. Сўнгги тур ўйинлари учун таркиблар маълум, Шомуродов "Рома" сафида асосий таркибда майдонга тушади  26 22:11ҚПЛ. "Турон" ўз уйида "Тобол"га мағлуб бўлди, мезбонлар сафида уч ўзбекистонлик ҳаракат қилди  0 22:06АПЛда 2024/25 йилги мавсум якунланди, МЮ сўнгги турда "Астон Вилла"ни ЧЛсиз қолдирди  42 21:58Суперлига. "Пахтакор" 90+8 дақиқада урилган автогол эвазига "Хоразм"ни мағлуб этди  96 21:16БАА Про лигаси. "Ал Батаеҳ" ўз уйида "Ал Ваҳда"га мағлуб бўлди, Ғаниевдан ассист, Эркинов эса захирадан ўйинга қўшилди  1 20:40Суперлига. “Навбаҳор” яна гол ёмғирини ёғдирди — бу сафар “Қўқон-1912” таслим этилди  22

Qashqdaryo futbol faxriylari jamoasi final bosqichga chiqdi Yangiliklar

Qashqdaryo futbol faxriylari jamoasi final bosqichga chiqdi

O'zingizga malum, shu kunlarda mamlakatimiz futbol faxriylari jamoalari o'rtasida O'zbekiston Kubogi saralash bosqich uchrashuvlari bo'lib o'tmoqda.

Bugun Qarshi shahridagi “Markaziy” stadionda Qashqadaryo va Buxoro viloyati futbol faxriylari jamoalari o'rtasida saralash bosqichining javob uchrashuv bo'lib o'tdi. Bungacha Buxoro shahridagi  mazkur jamoalar o'rtasidagi uchrashuv 4:0 hisobida vohamiz futbol faxriylari foydasiga hal bo'lgan edi.

Bugungi uchrashuvni tomosha qilish uchun stadionga ko'plab futbol ishqibozlari tashrif buyurishdi. Zero, ular “Nasaf” jamoasining o'tmishdagi afsonaviy futbolchilarining o'yinini sog'inib qolishgan edi. Muxlislar bugun chiroyli futbol uchrashuvini stadionimizda miriqib tomosha qilishdi.

Endi bevosita uchrashuv tafsilotlariga to'xtaladigan bo'lsak, kutilganidek uchrashuvda mezbonlarning ustunligi sezilib turdi. Uchrashuvdagi hisob ham faxriylarimiz tomonidan ochildi. Faxriylarimiz tomonidan o'ng qanot orqali tashkil etilgan hujumda Ro'ziqul Berdiev juda chiroyli pas bilan Zafar Xolmurodovni darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqarib yubordi. O'tmishdagi “Nasaf” jamoasining afsonaviy to'purar hujumchisi bu vaziyatda ham darvozani aniq nishonga olishda adashmadi – 1:0. O'yinning 18-daqiqasiga kelib, Ro'ziqul Berdiev ham o'z hisobiga gol yozdirib qo'yishga erishdi. Faxriylarimiz tomonidan tashkil etilgan chiroyli kombinacion hujumda, vohamiz futboli faxri bo'lmish – Dadajon Tog'aev chiroyli pas orqali Berdievni to'p biln taminladi, “Nasaf” jamoasining o'tmishdagi sardori esa bir zarba bilan to'pni darvoza to'riga joylab qo'ydi – 2:0.

Faxriylarimizning uchrashuvdagi uchinchi golini ham Ro'ziqul Berdiev kiritdi, uning chamasi 17 metrlardan darvozaga yo'llagan zarbasini mehmon jamoa darvozaboni qaytarishga ojizlik qildi - 3:0.

Albatta buxorolik futbol faxriylari ham maydonda katta ishtiyoq bilan to'p surishdi. Ular tomonidan tashkil etilgan qarshi hujumlarning biri gol bilan yakunladi. Gol muallifi SHuhrat Rajabov bo'ldi – 3:1.

Birinchi bo'lim yakunlanib borayotgan bir paytda mehmonlar o'yinchisiga himoyachilarimiz qo'pollik ishlatdi. Uchrashuv hakami Buxoro futbol faxriylariga 11 metrlik jarima to'pi tepishni ko'rsatdi. Ushbu jarimadan Ilhom Umurov hisobni qisqartirishga muvaffaq bo'ldi – 3:2.

Birinchi bo'lim ana shu hisobda tugadi.

Ikkinchi bo'limda vohamiz futbol faxriylari birinchi bo'limga qaraganda kuchliroq o'yin namoyish etishdi. Oradagi hisob ham shunga monand bo'ldi. Ikkinchi bo'limda faxriylarimiz Buxoro futbol faxriylari darvozasiga yana oltita gol kiritishdi. SHuni alohida takidlash joizki, asosan Berdiev pleymeykerligida o'tgan uchrashuv tomoshabinlarga ham katta zavq bag'ishladi. Keyingi gollarga SHuhrat Qiyomov (1), Ro'ziqul Berdiev (1), Dinmuhammad Qurbonnazarov (1), Zafar Xolmurodov (1), Ixtiyor Kariimov (2) muallif bo'lishdi. SHu erda takidlab o'tish joizki, keyingi ikki gol Ixtiyor Karimov tomonidan juda chiroyli tarzda kiritildi. U dastlab darvozabaon bilan birga-birga vaziyatda gol kiritgan bo'lsa, keyingi golini maydon markazidan kuchli zarba orqali kiritishga muvaffaq bo'ldi.

Uchrashuv 9:2 hisobida yakuniga etdi. Demak, viloyatimiz futbol faxriylari jamoasi umumiy 13:2 hisobida g'oliblikni qo'lga kiritishib, futbol faxriylari o'rtasidagi O'zbekiston Kubogining final bosqichiga yo'o'lanma olishdi.

Uchrashuv do'stona va o'zaro hurmat tarzida o'tdi. Uchrashuv yakunlangach har ikkala jamoa futbolchilari esdalik uchun suratga tushishdi (suratni etiboringizga havola qilayapmiz). Mehmonlar, “Nasaf” klubi rahbariyatiga o'zlariga ko'rsatilgan hurmat va uchrashuvni o'tkazishdagi yuqori tashkilotchiligi uchun minnatdorchilik izhor etishdi.

O'zbekiston futbol faxriylari o'rtasida O'zbekiston Kubogi saralash bosqichining javob uchrashuvi.



“Nasaf – Qashqadaryo” – “Buxoro faxirylari” 9:2 (3:2)
Qarshi sh., “Markaziy” stadion. 01.10.2016.

Bosh hakam
: Nayim Qosimov (Qarshi)
Yordamchi hakamlar: Farhod Usmonov (Qarshi), Zufar Eliboev (Qarshi)
Zaxira hakami: Firdavs Norsafarov (Qarshi)
Nazoratchi: I.Qiyomov (Qarshi)
Dastlabki uchrashuv: 4:0.
 
Gollar:
Zafar Xolmurodov (2),  Ro'ziqul Beridev (3), SHuhrat Qiyomov (1), Dinmuhammad Qurbonnazarov (1), Ixtiyor Mardonov (2).
 
“Nasaf-Qashqadaryo”: 1.Erkin Mirzaev, 3.Nikolay Minchev, 12.Nurali Sultonov, 5.SHuhrat Toshpo'latov, 14.Dinmuhammad Qurbonnazarov, 2.Obid Hamroev, 10.Ro'ziqul Berdiev (s), 7.Komil Yamgirov, 6.Bahriddin Amonov, 8.Zafar Xolmurodov, 11.Dadajon Tog'aev.

Zaxiradan maydonga tushganlar
: 18.Ixtiyor Mardonov, 9.SHuhrat Qiyomov, 15.Navro'z Jumaev, 17.O'tkir Xoliqov, 20.Davlat G'aniev, 16.Tolip SHaymardonov, 4.Karim Rustamov.

“Buxoro faxriylari”: 1.Nurillo Habibov, 5.Izzat Boynazarov, 4.Zavqiddin Urinov, 6.Dmitriy Ganin, 8.Ilhom Umurov, 9.Farhod Ro'ziev (s), 11.Muhitdin Rustamov, 14.Ilhom Abdullaev, 21.Bobir Temirov, 22.SHuhrat Rajabov, 19.Farhod Faxritdinov.

Zaxiradan maydonga tushdi: 7.Akmal Sobirov.

Ogohlantirish: Navro'z Jo'raev, Karim Rustamov (ikkalasi ham “Nasaf-Qashqadaryo” jamoasidan).

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика