So’nggi yangiliklar

01:19"Милан" "Торино" футболчисининг трансферини эълон қилди  0 01:13"Милан" Асенсио билан музокаралар ўтказмоқда  0 00:45"Ливерпуль" 20-рақамни "музлатди"  7 00:17"Ал Қодисия" А Серия тўпурари учун 40 млн евро тўлашга тайёр  0 23:57"Бунёдкор" ва "Локомотив" собиқ устози "Хўжанд" бош мураббийига айланди  0 23:36Акмал Рустамов: "Омад биз томонда бўлди"  1 23:14Элдор Мойлиев: "Сирожиддин Қўзиев легионерга айланди"  2 22:58Ди Марцио Элдор Шомуродовнинг янги жамоасини маълум қилди  15 22:40Расман: Абрахам яна "Рома"дан кетди, бу сафар бутунлайга  2 22:19Суперлига. Турнир тубидагилар тўқнашувида "Қизилқум" меҳмонда "Шўртан"дан устун келди  8 21:50Ансу Фати: "Барселона"дан доимо миннатдорман"  0 21:25Расман: Мирко Йеличич "Олимпик"дан кетди  3 21:15МЮ собиқ мураббийи Санчо ҳақида: "У машғулотларда энг зўрларидан бири эди, лекин..."  1 20:44"Зенит"га ўтган футболчи "Ал Насср"да 30 млн евро маош олиши мумкин эди  0 20:05"Флуминенсе" сардори Тиаго Силванинг нутқи тармоқларни "портлатмоқда"  5

Qashqadaryoda futbol festvali o'tkazildi + FOTO Yangiliklar

Qashqadaryoda futbol festvali o'tkazildi + FOTO

CHiroqchi tuman 3-sonli umumiy o'rta talim maktabida Dehqonobod, G'uzor, Qamashi va CHiroqchi tumanlarining 10-12 yoshli maktab o'quvchilaridan iborat jamoalar o'rtasida futbol festivali o'tkazildi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 dekabr kuni imzolangan “O'zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida”gi farmonida belgilab berilgan vazifalar ijrosini taminlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi Xalq talimi vazirligi hamda O'zbekiston futbol associaciyasi bilan hamkorlikda bolalar va o'smirlar o'rtasida futbolni yanada rivojlantirish borasida bir qator loyihalarni amalga oshirmoqda. 

Xabaringiz bor, mazkur futbol festivali ayni paytda mamlakatimizning barcha hududlarida aynan maktab o'quvchilari ishtirokida o'tkazib kelinmoqda. Xususan, Qashqadaryo viloyatida ham bolalar o'rtasida futbol festivali bo'lib o'tdi. 

Viloyatning barcha tuman va shaharlarining maktab o'quvchilaridan iborat  jamoalar Qarshi shahri, SHaxrisabz shahri, CHiroqchi va Muborak tumanlarida tashkil etilgan festivalda ishtirok etib, bor mahoratlarini nomoyish etishdi. 

CHiroqchi tuman 3-sonli umumiy o'rta talim maktabida ham Dehqonobod, G'uzor, Qamashi va CHiroqchi tumanlarining 10-12 yoshli maktab o'quvchilaridan iborat jamoalar o'rtasida futbol festivali o'tkazildi. 

Bolalar va o'smirlarni futbol bilan shug'ullanishga qiziqishini oshirish, havaskor futbolni ommaviylashtirish, yuqori iqtidorga ega bo'lgan yosh futbolchilarni saralab olish va ularni professional sportchilar sifatida tayyorlash kabi ezgu-maqsadalar mujassam bo'lgan ushbu festivalda CHiroqchi tuman hokimi Xurram Jo'raev, O'FA mutaxassisi Raxmiddin Zikriyaev, viloyat futbol associaciyasi vice-prezidenti Norqul Daminov, CHiroqchi tuman xalq talimi bo'limi mudiri SHavkat Boymurzaev, o'z vaqtida “Nasaf” futbol klubi tarkibida ko'plab yutuqlarni qo'lga kiritgan taniqli futbolchilardan Nurali Sultonov (Qashqadaryo viloyat bolalar-o'smirlar futbol akademiyasi direktori) , Rustam Tog'aev (Qashqadaryo viloyat bolalar-o'smirlar futbol akademiyasi murabbiyi) va boshqa mutasaddilar ishtirok etib, g'olib va sovrindor jamoalarga to'p, sport liboslari va jixozlaridan iborat sovg'a-salomlar ulashishdi. O'z navbatida  bolajonlar ham yuqori suratda tashkil etilgan festivalda ishtirok etganidan mamnunligini izhor etishdi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi        

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика