Qashqadaryo viloyati hokimining iltimosiga asosan “Nasaf” - “Qizilqum” uchrashuvi boshlanish vaqti o'zgardi
09 may 2019 16:25
Yangiliklar
Qashqadaryo viloyati hokimining iltimosiga asosan “Nasaf” - “Qizilqum” uchrashuvi boshlanish vaqti o'zgardi
Bilasiz, ertadan Superligada 8-tur uchrashuvlari start oladi.
Mazkur tur doirasida “Nasaf” jamoasi o'z maydonida “Qizilqum” bilan bahs olib boradi. Aslida mazkur bahs 10 may, juma kuni soat 18:50da start olishi ko'zda tutilgan edi.
Stadionlarga muxlislar tashrifini oshirish maqsadida O'zbekiston professional futbol ligasi viloyatlar hokimliklari bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda. Qashqadaryo viloyati hokimligi mazkur tur o'yini oldidan muxlislar uchun bayram shodiyonalari uyushtirishni rejalashtirgan. Qolaversa, uchrashuvga shaxsan viloyat hokimining tashrif buyurishi ham ko'zda tutilgan.
SHu munosabat bilan Qashqadaryo viloyati hokimining iltimosiga asosan mazkur o'yin soat 20:00da boshladigan bo'ldi.
Fikrlar