So’nggi yangiliklar

02:32ЛаЛига. "Барселона" Мадридда дуранг ўйнади  21 01:42А Серия. "Интер" ўз майдонида ютқазди, "Лацио"дан йирик ғалаба  1 01:15АПЛ. Эмилиано Мартинес қайдномага киритилмаган ўйинда "Астон Вилла" ўз майдонида йирик ҳисобда ютқазди  0 00:52Давид Райя: "Янги тўплар эскисидан фарқ қилади"  2 00:14Бундеслига. "Боруссия" Д йирик ғалабага эришди  0 23:45А Серия. "Ювентус" 2-турда ҳам ғалабага эришди  3 23:30Абдуқодир Ҳусанов "CAFA Nations Cup" мусобақасида ўйнайдими?  3 23:08Туркия. "Истанбул Башакшеҳир" ўз майдонида "Эйюпспор"ни мағлуб қила олмади  36 22:55"Севинч" тарих яратди ва ОЧЛга йўлланма олди!  5 22:40Пеп Гвардиола: "Балки Ҳусанов жароҳат олмаганида ютқазмаган бўлардик"  22 22:25АПЛ. "Ливерпуль" Собослаининг суперголи эвазига "Арсенал"ни мағлуб қилди  40 21:53"Манчестер Юнайтед" янги дарвозабони билан келишувга эришди  10 21:45АПЛ. "Брайтон" - "Манчестер Сити" 2:1  1 21:35Родри: "Мен Месси эмасман"  14 21:11"Арсенал" ҳар турда йўқотишларга учрамоқда  1

Qashqadaryo viloyati chempionati. “Novqat-CITY” “Qarliq”ning mag'lubiyatsiz seriyasiga chek qo'ydi Yangiliklar

Qashqadaryo viloyati chempionati. “Novqat-CITY” “Qarliq”ning mag'lubiyatsiz seriyasiga chek qo'ydi

Teglar :  Qashqadaryo
Qashqadaryo viloyati chempionatida 6- tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

Mazkur turda peshqadam ”Qarliq” jamoasi safarda birinchi marta ochko yo'qotdi.Dastlabki 5-turda mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan muborakliklar juma kuni 6-tur doirasidagi bahsda  “Novqat- CITY”mehmoni bo'lib, kichik 1:0 hisobida mag'lubiyat alamini tortib ko'rishdi. Kasbiliklar kiritilgan g'alabadan so'ng 13 ochko bilan turnir karvonboshiga aylanib olishdi.

Mazkur uchrashuvdan so'ng mezbonlar sardori Mirjalol Xasanov o'z fikrlarini bildirdi:

-Bugun bahs ko'rgangizdek, qiziqarli kechdi. Raqiblarimiz bor kuchlari bilan xavfli hujumlar tashkil etish borasida bizga nisbatan  ancha faol harakat qilishdi. Ammo butun o'yin davomida darvozabonimizning bexato harakatlari evaziga darvozamiz daxlsizligi saqlab qolindi. Mazkur bahsda bizni qullab-quvvatlagan muxlislarimizga va mahalladagi barcha homiylarimizga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Keyingi tur bahslarida ham zafarli yurishlarimiz davom ettiramiz- dedi Mirjalol Xasanov.

Muborakning yana bir jamoasi “Mashal-FM”jamoasi o'z maydonida “Turon” jamoasini qabul qildi. Ushbu bahsda “Mashal”futbol maktabi tarbiyalanuvchilari raqiblarini yirik 6:1 hisobida taslim etishdi.
Muborakliklar 12 ochko jamg'argan holda, turnirning 3-pog'onasiga ko'tarilib olishdi.

“Zafar”-“Ko'kdala” jamoalari o'rtasidagi bahsda hisob ochilmadi. 0:0

QASHQADARYO VILOYATI CHEMPIONATI.
6-tur. 17 iyun (SHanba)

 Novqat-CITY-Qarliq -1:0
Mashal-FM-Turon-6:1
Zafar-Ko'kdala-0:0
Nishon-Qarshi- 2:1

NAVBATDAGI UCHRASHUVLAR
7-tur. 21 iyun (CHorshanba)
Navbahor-Mashal-FM
Ko'kdala-Semurg'
Olimpiya-Hisor
Turon-SHo'rtan-FM
22 iyun (Payshanba)
Qarliq-Zafar
Neftchi-Qarshi
Nasaf-FM-Nishon
CHiroqchi-Novqat- CITY


Faxriddin CHoriev

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика