Qashqadaryo viloyati chempionati. 2-tur bahslari yakunlandi
27 may 2017 16:34
Yangiliklar
Qashqadaryo viloyati chempionati. 2-tur bahslari yakunlandi
Ichki chempionatda jami 18 ta jamoa ishtirok etmoqda. Ushbu hafta 2-turning barcha uchrashuvlari bo'lib o'tdi.
2-tur natijalariga ko'ra, Elbek Jo'raev shogirdlari “Qarliq”(Muborak) jamoasi raqiblar darvozasiga 7ta to'p kiritishib 6 ochko jamg'argan holda, turnir jadvalida karvonboshlik qilmoqda.
Qamashining “Zafar” jamoasi esa o'z maydonida Qarshi olimpiya zahiralari kollejining “Olimpiya” jamoasini qabul qildi. Ushbu bahsda mezbonlar qamashiliklar 2:0 hisobida chempionatdagi ikkinchi g'alabasini nishonlashdi.
2-turning ikki bahsida futbol muxlislar “gollar shousi”ga guvoh bo'lishdi.
“Nasaf” futbol maktabi tarbiyalanuvchilari 2001 yillarda tug'ilgan tarbiyalanuvchilardan iborat “Nasaf-FM”jamoasi “CHiroqchi” jamoasi mehmoni bo'lishdi.
Mazkur bahsda yosh “nasafchilar” o'zilaridan 15-20 yoshdan katta bo'lgan chiroqchilik futbolchilarga qarshi maydonda kurash olib borishdi.
Asabiy tarzda o'tgan uchrashuvda Azamat Aliqulov shogirdlari yirik ko'rinishdagi 7:4 hisobida mag'lubiyat alamini tortib ko'rishdi.
Ikkinchi gollar shousi kichik “qarshi derbi”sida kuzatildi “Binokor”-“Qarshi” jamoalari o'rtasida kechgan shiddatli bahsda qarshilik yo'lbarslar Arslon SHaropov shogirdari hamshahrilari darvozasiga naqd 8 ta to'p kiritishdi. Yakuniy hisob . 8:2
2-tur natijalari bilan tanishing:
“Hisor”(SHahrisabz) - “Mashal-FM(Muborak) ” 0-0
“Semrug'”(Yakkabog') -“SHo'rtan-FM”(G'uzor) 1-2
“Novqat –CITY”(Kasbi) -“Ko'kdala”(CHiroqchi) 3-1
“Alanga”(Koson) -“Qarliq”(Muborak) 1-3
“Binokor”(Qarshi) -“Qarshi”(Qarshi) 2-8
“CHiroqchi”(CHiroqchi) -“Nasaf-FM”(Qarshi) 7-4
“Zafar”(Qamashi) -“Olimpiya”(Qarshi OZK) 2-0
“Turon”(Qarshi QSKXK ) -“Neftchi”(Kitob) 3-0
“Nishon”(Nishon) - “Navbahor”(Kasbi) jamoalari o'rtasidagi uchrashuv qoldirildi
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar