So’nggi yangiliklar

22:59Роналду "Ал Иттиҳод"га қарши ўйнашга тайёр бўлган  0 22:30Хамес Родригеснинг янги жамоаси эълон қилинди  1 22:09Расман: Абдуқодир Ҳусанов - "Манчестер Сити"да ой футболчиси!  17 21:40"Мундиалда фақатгина ютамиз, ҳеч нарса йўқотмаймиз" – Фабио Каннаваро билан катта интервью  3 21:01Тажрибали футболчи фаолиятини "Манчестер Юнайтед"да якунламоқчи  3 20:37Назорат ўйини. “Бунёдкор” Россия клубига мағлуб бўлди  1 20:09ОКМК Россия жамоаси устидан ғалаба қозонди  4 19:57Ўзбекистон футзал терма жамоаси мураббийлар штаби истеъфога чиқарилди  21 19:35"Металлург" голларга бой ўйинда "Локомотив" U-21'дан устун келди  1 19:23"Барселона" Левандовскига янги шартнома таклиф қилмоқчи  7 18:57"Ал Иттиҳод" Бензема ўрнига Салоҳни олиб келмоқчи  4 18:30Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Хитойга ютқазди  7 18:13"Андижон" Хомяков билан боғлиқ вазият юзасидан расмий изоҳ берди  5 17:58Эрон чемпионати. "Трактор" меҳмонда мағлубиятга учради, Ҳамробеков 73 дақиқа ҳаракат қилди  0 17:38Фарғона вилояти ҳокими кубоги. "ФарДУ"да йирик ғалаба, "Қумқўрғон"да жанговар дуранг ва бошқа натижалар  4

Qashqadaryo viloyat chempionatiga start beriladi Yangiliklar

Qashqadaryo viloyat chempionatiga start beriladi

Teglar :  Qashqadaryo
Bugun Qashqadaryo viloyat chempionatiga start beriladi.

Viloyatning to'rt shahrida  jamoalar dastlabki tur bahslariga kirishadi.  Bu yilgi mavsumda jami 18 ta jamoalar ishtirok etmoqda .

Aytish joizki, bu yilgi mavsum qiziqarli kechishi to'rgan gap. Viloyatning  Qarshi,  Muborak, CHirokchi, Kasbi shahrilari o'zidan 2-3  jamoalari bilan ichki chempionatga munosib ishtirok etishini taminlamoqda.

1.   “Mashal-A”(Muborak).
2.   “Qarliq”(Muborak).
3.   “Nasaf-FM”(Qarshi).
4.   “Olimpiya”(Qarshi).
5.   “Qarshi” (Qarshi).
6.   “Turon”(Qarshi Qurilish kollej).
7.   “Binokor”(Qarshi)
8.   “SHo'rtan-FM”(G'uzor).
9.   “CHiroqchi”(CHiroqchi).
10.   “Ko'kdala”(CHiroqchi).
11.   “Ko'kdala” (CHiroqchi Pedagogika kolleji).
12.   “Navbahor”(Kasbi).
13.   “Navhat”(Kasbi).
14.   “Semurg'”(Yakkabog').
15.   “Hisor” (SHahrisabz).
16.   “Kitob”(Kitob).
17.   “Nishon”(Nishon).
18.   “Zafar”(Qamashi).

15 may  2017 yil

 1-tur

“Mashal-A”(Muborak)- “Semurg'”(Yakkabog')
“Hisor” (SHahrisabz)- “Kitob”(Kitob)
“SHo'rtan-FM”(G'uzor)- “Zafar”(Qamashi)
“Olimpiya”(Qarshi)- “Navhat”(Kasbi)
16   may 2017 yil
“Turon”(Qarshi Qurilish kollej)- “Nishon”(Nishon)
“Navbahor”(Kasbi)- “Binokor”(Qarshi)
  18 may 2017 yil
“Qarshi” (Qarshi)- “Nasaf-FM”(Qarshi)

Qolgan jamoalar o'rtasidagi o'tkaziladigan  tur uchrashuvlari sanasi bugun malum bo'ladi.

Viloyat futbolida juda achinarli holat, voha futbolida o'z o'rniga ega bo'lgan,  iqtidorlar makoni bo'lmish,  Koson shahridan ikki yildan buyon  ichki chempionatga jamoasi bilan qatnashayotgani yo'q. Bir vaqtlar birinchi ligada munosib ishtirok etgan “Alanga” jamoasi butunlay tarqalib ketgan. Tan olish kerak, mamlakatmizning oliy ligasidan tortib turli chempionatlarida ishtirok etayotgan jamoalarda  kosonlik etakchi  futbolchilar istagancha topiladi.

Oliy ligamizda to'p so'rayotgan Anvar Berdiev, Otabek Narzullaev, Abbos Omonov,  Abbos SHodmonov, Umar Eshmurodov, Olim  Karimov, Siroj Hamroev, Bobir Abduholiqov, Hamza Karimov, Botir Qoraev, bugungi kunda katta futbolni tark etib voha futboliga munosib hissasini qo'shayotgan yosh futbolchilarni etkazib berayotgan  Nurali Sultonov, Nasim SHoyimov, Abdurahmon Yumangulovlar mana shu zaminning o'g'lonlari hisoblanishadi.

O'ylaymizki, yaqin orada Viloyat futbol federaciyasi vakillari ushbu jamoaning  muammolari yuzasidan  tuliq o'rganib, oldingi mavqeyini qaytarishadi.  

Faxriddin CHoriev.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика