So’nggi yangiliklar

15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  0 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  3 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  0 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  8 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  1 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  4 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  4 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  10 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  9 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  11 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2

Qarshining “Sevinch” jamoasi tayyorgarliklarni 15 fevraldan boshlaydi Yangiliklar

Qarshining “Sevinch” jamoasi tayyorgarliklarni 15 fevraldan boshlaydi

O'n karra O'zbeksiton chempioni va sakkiz karra O'zbekiston Kubogi sohibi Qarshining “Sevinch” jamoasi 15 fevral kuni o'z bazasida yig'iladi.
Jamoa qizlariga mini futbol bo'yicha O'zbekiston chempionatining Qarshida 18-23 yanvar kunlari bo'lib o'tgan birinchi bosqich, 1-turidan keyin dam olish tanaffusi berilgan edi.

Vladislav Xan shogirdlari qisqa muddatli tayyorgarliklardan so'ng Samarqand shahriga yo'l olishadi. Samarqanddagi “So'g'diyona” sport majmuasida 18-21 fevral kunlari mazkur chempionatning birinchi bosqich, 2-tur uchrashuvlari bo'lib o'tadi.

2-turning dastlabki kunida Qashqadaryoning ikki grant jamoasi “Sevinch” hamda “Lochin” jamoalari o'zaro kuch sinashishadi. Musobaqa taqvimiga ko'ra, “Sevinch” jamoasi 19 fevral kuni Nukusning “Qirq qiz” jamoasiga, 20 fevral kuni Xorazm vohasining “Tumaris” jamoasiga, 21-feral kuni Jizzaxning “Jizzax” jamoalariga qarshi maydonga tushadi.

SHuni ham takidlash joizki, Bahrom Norsafarov boshchiligidagi mamlakatimiz U-16 terma jamoasi asosini tashkil qiladigan vohamizning “Lochin” jamoasi qizlari ham ayni kunlarda ana shu musobaqa taraddudida.

Mini futbol bo'yicha O'zbekiston XI chempionati birinchi bosqich, 1-turidan keyin musobaqa turnir jadvalida Vladislan Xan shogirdlari – “Sevinch” jamoasi 15 ochko to'plab, etakchilik qilishmoqda. Bahrom Norsafarov murabbiyligidagi “Lochin” qizlari hisobida ham 15 ochko bor, ular 2-pog'onadan joy olishgan.

Musobaqa to'purarlar ro'yxatini “Lochin” jamoasi o'yinchisi Nilufar Qudratova boshqarib bormoqda, uning hisobida 18ta gol bor, ro'yxatning ikkinchi o'rnida “Sevinch” jamoasi vakilasi Zumrad Nazarova bormoqda u raqiblar darvozasiga 14ta gol kiritgan. “Andijanka” jamoasi vakilasi Safina Rushaniya va “Sevinch” azosi Mahliyo Yusupovalar hisobida 10tadan gol bor.

“Sevinch” PFK matbuot xizmati.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика