So’nggi yangiliklar

17:46Абрамов, Алибоев, Неъматов ва Сергеев — Суперлигада 1-давранинг энг яхшилари  1 17:20Месси "Барселона" учун хайрлашув учрашувини янгиланган "Камп Ноу"да ўтказади  2 16:52Пенальтилар статистикаси: Биринчи даврада ким кўп пенальти тепди ёки умуман нуқтага ҳам яқинлашмади?  0 16:24Пулишич Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  2 15:57Ресан, Ратиньо, Цигер... Суперлиганинг 1-давра легионерлар рамзий терма жамоаси  4 15:42"Байер" ақшлик футболчини 35 млн еврога харид қилди  0 15:17Расман: Пиоли янги жамоасини қабул қилиб олди  0 14:29Сергеев, Дориев, Мозговой... Суперлиганинг 1-давра рамзий терма жамоаси  7 14:16Шойқулов "Андижон"дан кетди  2 13:46Итальян клуби Санчо учун МЮга 10+5 млн евро таклиф қилди  1 13:17"Ювентус" Рэшфорд билан шартнома имзоламоқчи  1 12:26Зинченко Лондоннинг бошқа клубига ўтиши мумкин  0 11:58"Ньюкасл" 55 млн фунтлик трансферни амалга оширди  1 11:32"Реал" Мак Аллистерга қизиқмоқда, аммо...  2 11:00Родриго “Арсенал“га ўтиши учун аниқ бир талабни қўйди  12

"Qarshiga shunchaki kelganimiz yo'q". "Ahal" bosh murabbiyi Begench Garaev ishtirokidagi matbuot anjumani Yangiliklar

"Qarshiga shunchaki kelganimiz yo'q". "Ahal" bosh murabbiyi Begench Garaev ishtirokidagi matbuot anjumani

Teglar :  AhalBegench Garev
OFK kubogi chorak finalidan o'rin olgan "Nasaf" - "Ahal" uchrashuvidan oldin matbuot anjumani tashkil qilindi. Unda dastlab Turkmaniston klubi bosh murabbiyi Begench Garaev va futbolchi Elman Tagaev ishtirok etdi.

"Birinchi o'rinda iliq kutib olishgani uchun rahmat aytaman. Oldinda bizni masuliyatli o'yin kutmoqda. Ortiqcha gaplarni aytish shart emas, deb o'ylayman",-  deydi Begench Garaev.

"Nima ham derdim, yaxshi mehmondo'stlik uchun tashakkurimni izhor qilaman. O'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'rdik. Muhim bahs ekanligini tushunib turibmiz",- deydi Elman Tagaev.


- Avvalambor Qarshi shahriga xush kelibsizlar. "Ahal", "Oltin Asr" jamoalarini yaxshi bilamiz. O'ziga hos salohiyatga ega bo'lgan klublar hisoblanadi. "Ahal"ning ertangi o'yindagi imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

- Savol uchun rahmat. Yaqinlashayotgan mustaqillik bayrami bilan tabriklab qolaman. Turkmanistonda ham mustaqillikning 30 yilligi nishonlanmoqda. "Nasaf" katta tarixga ega klub, OFK kubogida zafar quchgan. O'yinga qattiq hozirlik ko'rdik. Raqibning qanday kuchga egaligidan xabarimiz bor. Hammasini o'yin ko'rsatadi. 

- "Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev borasida nima deya olasiz?

- Ro'ziqul Berdiev bu jamoani ancha yildan beri boshqarib kelmoqda. Rahbariyat ishonch bildirib kelyapti. Mazkur holat murabbiy uchun muhim hisoblanadi. "Nasaf" qisqa paslar bilan hujumkor futbol ko'rsatadi. Qarshiga shunchaki kelganimiz yo'q. Ortga g'alaba bilan qaytishni istaymiz. 

- "Nasaf"ning ichki chempionatdagi muvaffaqiyatsiz natijalari sizni ajablantirdimi?

- To'g'ri natijalar yaxshi emas. Balki bu jamoaning oldiga qo'ygan maqsadi bilan bog'liqdir. "Nasaf" kuchli jamoa bo'lib qolaveradi. 

- "So'g'diyona"dan olingan futbolchi Arslanmirat Amanovning holati qay darajada o'rganildi? O'zbekiston chempionatidagi o'yinlarni ko'rdingizmi?

- O'zbekiston chempionatida temp yuqori. "Paxtakor", "Lokomotiv" singari kuchli klublar ko'p. Arslanmirat bilan bu borada maslahatlashdik. Ertaga hammasini ko'rib olamiz. Aytganimdek bu erga mag'lub bo'lish uchun kelganimiz yo'q. "Nasaf" yaxshi jamoa. Bitta o'yinda hamma narsani iloji bor. 

- "Nasaf" o'yinchilari haqida qanchalik malumotga egasiz?

- Bizda malumotlar bor. Marko Stanoevich, Oybek Bozorov va hokazo. Texnik va tezkor futbolchilar ko'p. O'ylaymanki, ertaga biz istagan natijaga erisha olamiz. 

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика