So’nggi yangiliklar

08:32Африка Миллатлар Кубоги. Чорак финал жуфтликлари маълум  0 08:05"Сабаҳ" Раҳмоналиевни қанчага сотиб олгани маълум  1 07:37U-23 Осиё кубоги. Бугун Олимпия терма жамоамиз ўз юришини бошлайди  2 04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  1 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  2 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  2 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  3 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  3 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  19 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  2

Qarshida bugun katta futbol bayrami (FOTO) Yangiliklar

Qarshida bugun katta futbol bayrami (FOTO)

Bugun Qarshi shahridagi "Markaziy" o'yingohda "Nasaf" jamoasi yangi mavsumdagi o'zining ilk rasmiy o'yinini o'tkazadi.
Ro'ziqul Berdiev boshchiligidagi "Nasaf" jamoasi Osiyo chempionlar ligasi doirasida Eronning "Traktorsozi" jamoasiga qarshi o'yinda maydonga tushadi. Qarshi shahrida ushbu bellashuvga bo'lgan qiziqish yuqori darajada. Uchrashuvdan ikki kun ilgari yog'gan qalin qor hozirda erib ulgurmoqda. Stadion mamuriyati esa kechaning o'zida maydonni qordan tozalab, o'yinga shay holatga keltirishga harakat qilishdi. Ayni paytda maydonning holatini ideal darajada deya olmaymiz. Ammo futbol o'ynasa bo'ladi. O'yindan oldin tashkil etilgan matbuot anjumanida ham har ikkala jamoa bosh murabbiylari bugungi bahsda chiroyli futbol ko'rsatishga vada berishmadi. Sababi esa aniq. Noqulay kelgan ob-havo tufayli maydon etarlicha zararlangan va bu narsa futbolchilarning harakatlariga o'z tasirini ko'rsatishi tabiiy. Bugun erta tongda ham bir muddat qor yog'ib o'tdi va ayni paytda qor to'xtagan. Lekin o'yin paytida ham qor yog'ishi kutilmoqda.

Agarda uchrashuv davomida qor yog'adigan bo'lsa, unda jamoalar o'yinni qizil to'pda o'tkazishlari mumkin.

Hozirgacha taxminan 35-40% chiptalar sotib bo'lingan.











Nima bo'lgan taqdirda ham bugun "Nasaf" jamoasiga katta zafarlar va omad yor bo'lishini tilab qolamiz! Umid qilamizki, "ajdarlar" bugun vatanimiz nomini munosib himoya qilib, muxlislarga g'alabani taqdim etishadi.

SHahboz Beg'amov
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика