So’nggi yangiliklar

01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  2 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  13 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  86 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  9 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  4 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  846 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  4 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3 18:24Биринчи даврада "Бунёдкор"да ўйнаган футболчи Босния ва Герцеговина клубига ўтди  1 18:00Ўзбекистон ўйнайдиган "Божуар" стадиони баҳсга тайёр  7

Qariyalar uyida vafot etgan afsonaviy Gerd Myuller Yangiliklar

Qariyalar uyida vafot etgan afsonaviy Gerd Myuller

Jahon va Evropa chempionati finalidagi gollar, rekordlar, 32 xet-trik sohibining hayot yo'li qanday kechganligi haqida hikoya qilamiz.

Terma jamoa to'purari

Gerd Myuller 75 yoshida vafot etdi. Futbol tarixidagi eng buyuk hujumchilardan biri bo'lgan afsona o'zidan juda ko'p rekordlarni qoldirgan, ularning bazilari deyarli yarim asrdan keyin ham yangilanmagan.

Myuller 1945 yilning noyabr oyida Germaniyaning Amerika istilo qilgan zonasida tug'ilgan. U oiladagi olti bolaning kenjasi edi. Myuller 15 yoshidayoq maktabni tashlab, zavodga ishga kirdi. Oila boquvchisi yo'q, pul etarli emasdi — o'sha paytlarda uning otasi vafot etgandi. 

Gerd bo'sh vaqtini futbolga bag'ishladi va 1960 yilda o'z faoliyatini Bavariyaning Nerdlingen shahridagi "TSV 1861" jamoasida boshladi. Avvaliga u yoshlar jamoasida o'ynadi, 1963/64 yilgi mavsumda esa asosiy jamoada 28 uchrashuvda 47 ta gol urgan. Hozirda "TSV 1861" jamoasining stadioni  Gerd Myuller nomi bilan ataladi.

Germaniya tezda bu iqtidorli hujumchini payqab qoldi. Myunxenning asosiy klubi darrov eshik taqillatdi — bu "Bavariya" emas, balki o'sha paytda etakchi bo'lgan "Myunxen 1860" klubi edi. 1963 yilda "Myunxen" Bundesliga asoschilaridan biriga aylandi, 1964 yilda jamoa Germaniya kubogini qo'lga kiritdi, 1965 yilda Kubok egalari kubogi finaliga chiqdi hamda 1966 yilda Bundesligani qo'lga kiritdi. Ammo o'sha paytda hali ham viloyat ligasida o'ynayotgan "Bavariya" direktori birinchilardan bo'lib Gerdga shartnoma taklif qiladi.

Yosh hujumchi o'zi to'p surayotgan Bundesliganing etakchi klubi tarkibida o'ynashi mumkinligiga shubhalandi, shuning uchun u "Bavariya" taklifini qabul qildi. Bundan tashqari, Gerd Myunxen mebel do'konida yarim kunlik ishga joylashdi.

To'g'ri, bu erda ham asosiy tarkib kafolatlanmagandi — murabbiy Gerdga ishonmasdi. Ammo vaqt o'tishi bilan Myuller rahbariyatning qarashlari xato ekanligini isbotladi. Jahon futbolining bo'lajak yulduzlari Franc Bekkenbauer va Zepp Mayer Gerdning "Bavariya"dagi sheriklari bo'lishdi. Bir mavsumdan so'ng ular birgalikda Bundesligaga yo'l olishdi.

Gerd Myuller erasi shunday boshlandi:

• Bundesligadagi 365 ta gol — bu hali ham tarixdagi rekord hisoblanadi (ikkinchi eng yaxshi Levandovskiga tegishli — 277 ta).

• Bundesligada 32 ta xet-trik — bu hali ham rekord natija hisoblanadi.

• Bundesliganing 7 karra to'purari — rekord.

• 1970 yilgi "Oltin to'p", 1970, 1972 yilgi "Oltin butsa" sohibi.

Myuller terma jamoada ham porladi. 1970 yilda u 10 ta gol bilan 1970 yilgi jahon chempionatining eng yaxshi to'purariga aylandi. Ko'pchilik italiyaliklar bilan yarim finalni asr uchrashuvi deb atashadi (qo'shimcha vaqtda 5 ta gol urildi), Myuller o'yinda dubl qayd etdi, ammo nemislar 3:4 hisobida mag'lub bo'lishdi. Hujumchi ilk turniridan bronza bilan qaytdi, lekin keyingilari faqat ulkan muvaffaqiyatlar bo'ldi.

Evro-1972. Myuller yana 4 ta gol bilan to'purar bo'ldi, bu safar bo'yniga oltin medalni taqishga muvaffaq bo'ldi. Finalda Gerd SSSRga dubl qayd etdi. O'yinda nemislar 3:0 hisobida g'alaba qozonishdi.

Ikki yildan so'ng Myuller jahon chempioni unvoniga sazovor bo'ldi. Niderlandiyaliklarga qarshi o'z maydonida kechgan uchrashuvida o'z hisobiga yana g'alaba golini yozib qo'ydi (2:1).

Uchrashuv Myuller uchun terma jamoadagi so'nggisi bo'ldi. Faoliyatining eng yuqori cho'qqisida, 28 yoshida oilasiga ko'proq vaqt ajratishga qaror qilib, terma jamoa bilan xayrlashdi.

Forvard termada 8 yil davomida 62 ta o'yinda 68 ta gol kiritdi. Faqat Miroslav Kloze (71) undan ko'proq gol urgan, lekin buning uchun Klozega 13 yil va 137 o'yin kerak bo'ldi.

Uzoq vaqt davomida Myuller jahon chempionatidagi gollar soni bo'yicha ham rekord o'rnatgandi (14), 2006 yilgi mundialda dastlab Ronaldo (15), keyin Kloze (16) ortda qoldirdi.

Myuller Evrokuboklarda ham porladi: 3 ta Evropa chempionlari kubogi, Kubok egalari kubogi hamda qitalararo kubokni boshi uzra baland ko'tardi.

1974 yilgi Evropa chempionlar kubogi finalining takroriy uchrashuvida Myuller "Atletiko" darvozaboniga dubl "sovg'a qildi". Uchrashuvda ispanlar 0:4 hisobida mag'lub bo'lishdi va Myunxenning bazi futbolchilari kubokni raqib futbolkasida nishonlashdi.

Myuller 4 marta mamlakat chempionligi va Germaniya kubogini qo'lga kiritdi. "Bavariya"ning gegemonligi shu tariqa paydo bo'ldi.

1971/72 yilgi mavsumda Bundesligada 40 ta gol urdi. Uning bir mavsumda kiritgan gollar rekordi 49 yil davom etdi, Robert Levandovski 2021 yil may oyida bu natijadan o'zib ketdi.

Robert afsonani hurmat bilan esladi: u 40-golini urganida, Myullerning surati va "4ever Gerd" ("Gerd abadiy") yozuvi tushirilgan futbolkani ko'rsatdi.

So'nggi yillarda kasallikdan aziyat chekayotgan 75 yoshli faxriy uchun bu yoqimli ishora edi. 2015 yilda Myunxenning "Bavariya" klubi Myullerda Altcgeymer sindromi tufayli demenciyadan aziyat chekayotganini elon qildi. Uning ahvoli yomonlashib bordi. Myuller qariyalar uyida (reanimaciya bo'limida) yashadi, u erda shifokorlar, uning rafiqasi, do'sti Paul Braytner g'amxo'rlik qilishdi, biroq xastaligi zo'raygan Gerd o'z yaqinlarini tanimas, deyarli ovqat emasdi, yurmasdi va hattoki gapirmay qo'ygandi.

U vafot etdi, lekin uning unutilmas gollari va rekordlari futbol olamida kezishda davom etadi.


Oqil Abdubarnoev tarjimasi


Gerd Myullerning eng chiroyli gollari

Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика