So’nggi yangiliklar

09:10Футзал. Абдулла Бўриев: "Ўзбекистон терма жамоаси аввалги натижасини яхшилашига умид қиламан"   0 08:40 Мундиал-2026. Рустам Ашурматов: Менда "Рубин"дан ташқари ўша вақтнинг ўзида Қатардан ҳам шартнома бор эди"   0 08:10Ўзбекистон сўнгги бор меҳмонда Қирғиз Республикасига қарши қандай натижа қайд этган?   4 07:35ЖЧ-2026 саралаш. Ўзбекистон бугун Қирғиз Республикаси меҳмони бўлади   7 01:55Миллатлар лигаси. Франция ғалаба қозонди, Италия Исроилни таслим қилди, Қозоғистонда мағлубият ва бошқа натижалар  1 01:31"Олимпик" - "Металлург" учрашуви "Жар"да ўтказилмайди  1 00:34"Реал" мухлислари учун хушхабар  0 00:15Франция Бельгияга имкон қолдирмади  3 23:28Флик энг яхши мураббий деб топилди  3 23:20Ўзбекистон терма жамоаси Бишкекдаги машғулотини қандай ўтказди? ФОТОМАҚОЛА  2 22:10Жамшид Искандеров: "Мақсадимиз - уч очко билан уйга қайтиш"  5 21:51Кўпчиликни ҳавотирга солаётган стадионда Ўзбекистон терма жамоаси машғулот ўтказди  8 21:36Назорат учрашуви. ОКМК ва "Динамо" иштирокидаги голлар шоусида ғолиб аниқланмади  1 21:35Жалолиддин Машарипов: "Қирғизистон Эронга қарши учрашувда дуранг қайд этиши учун яхши имкониятга эга эди"  7 21:05Шерзод Насруллаев: "Эртага 200 фоиз иштиёқ билан майдонга тушамиз"  4

O'yinni hal qilgan legionerlar yoxud "Bunyodkor" - "Mashal" uchrashuvi haqida Yangiliklar

O'yinni hal qilgan legionerlar yoxud "Bunyodkor" - "Mashal" uchrashuvi haqida

Toshkentning "Bunyodkor" jamoasi kecha Superliga birinchi turida "Mashal" jamoasiga qarshi bahs olib bordi.

O'tgan ikki mavsumda jamoaga Vadim Abramov ustozlik qilgan bo'lsa, endilikda "qaldirg'ochlar"ni o'yinga SHuhrat Maqsudov bosh murabbiy sifatida boshlab tushadi. Xususan, mutaxassis kecha "Mashal" bilan kechgan o'yinda debyutini amalga oshirdi. Qaysidir manoda debyut omadli chiqdi, deya olamiz. Garchi mazkur o'yinda maydon egalari kichik hisobda g'alaba qozongan bo'lsa-da, o'yin borasida hali juda ko'p ishlash kerakligi yaqqol sezilib turibdi. Biz esa o'yindagi etiborga molik jihatlar, xatolar haqida biroz to'xtalib o'tishni lozim deb topdik.

Tarkib va taktik sxema

"Bunyodkor" jamoasi tarkibida kecha bir qator yangi futbolchilar debyutlarini o'tkazishdi. Deyarli barcha chiziqlarda yangi nomlarni uchratishimiz mumkin edi. Bular qishki transferlar oynasi vaqtida jalb qilingan darvozabon Ravshan Yagudin, himoyada Sunnatilla Abdullajonov, yarim himoyada Sanjar Rashidov, qirg'izistonlik Odiljon Abdurahmonov va hujumda esa nigeriyalik Ibrohim Tomiva. Markaziy himoyada Davronjon Ergashev, Abdulla Abdullaev juftligi o'ynadi. Tayanch zonasida odatdagidek, Lutfulla To'raev etakchilikni qo'liga olgan bo'lsa, Odiljon Abdurahmonov va Sanjar Rashidov biroz oldinroqda harakat qildi. O'tgan mavsum markaziy nuqtadagi o'yinlari bilan etiborga tushgan Nurillo To'xtasinov esa chap qanotdan o'rin egalladi. O'ng qanotda esa Xurshid G'iyosov harakat qildi. Unga yordamga Ulug'bek Abdullaev etib keldi. Taktik sxema 4-3-3 ko'rinishini oldi. Yani 4ta himoyachi, 3ta markaziy yarim himoyachi, qanotlarda 2ta vinger va 1ta sof hujumchi. Oldingi chiziqda yagona forvard sifatida Tomiva boshlang'ich tarkibdan o'rin oldi. Birinchi bo'limda aynan G'iyosov harakat qiladigan qanotdan hujumlar tashkil qilindi. Umumiy hisobda besh nafar yangi futbolchi dastlabki daqiqalardan to'p tepdi.  To'xtasinovning qanotdagi o'yini esa qovushmadi, balki uning o'ziga ham maqul kelmagandir. O'tgan mavsumda futbolchida har bir uchrashuvda uzoqdan beriladigan ajoyib zarbalarga guvoh bo'lgan edik. Biroq kecha bunday vaziyat deyarli sodir bo'lmadi. Jamoa zaxirasida esa tezkor va to'p bilan himoyani yorib kira oladigan Farrux Ikromov va universal Avazbek O'lmasaliev bor edi. Balki, murabbiylar shtabi ularni zaxira quroli sifatida olib qo'yishni reja qilgandir. 

 Ushbu masalada o'yindan keyingi matbuot anjumanida SHuhrat Maqsudov shunday javob qaytardi: "Yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonida boshqa jamoalar singari o'rtoqlik o'yinlarida ishtirok etdik. Bunda futbolchilarning harakatlari umuman boshqacha ko'ringan. Bu o'yinda ular o'sha uchrashuvlardagi o'yinini ko'rsata olmagan bo'lishi mumkin. Lekin bu tabiiy hol. CHempionat boshlanishida istaymizmi-yo'qmi hayajon bo'ladi. Bu futbolchilarning nimalarga qodir ekanligini bilamiz. To'xtasinovning uzoqdan zarbalar bermaganligi ko'rsatmaga bog'liq emas. Futbolchi maydonda vaziyat va sharoitdan kelib chiqib ish tutadi. Uning o'zi ham gol urishni istagan". 

Birinchi bo'limda to'p nazorati "Bunyodkor" tomonida bo'lganiga qaramay, hujumlar oxiriga etmay qoldi. Bu boradagi etirozni yarim himoyachilarga bildirsak adolatliroqdir. Hujumchi Ibrohim Tomiva past bo'yli, chaqqon harakatlarga ega ekanligini bilamiz. Lekin kecha yarim himoyachilar hujumchiga ko'proq to'pni yuqoridan etkazishga urinishdi. To'p yuqoridan kelayotgan vaziyatlarda bo'yi balandroq SHahboz Erkinov yoki Mirjahon Mirahmadov samara keltirishi mumkin edi. Tomiva esa ikkinch qavatda kuchli hisoblanmaydi, uning ustunligi birinchi qavatda. SHuhrat Maqsudov tabiri bilan aytganda, ilk o'yin bo'lgani bois futbolchilarda katta bosim va hayajon ham o'z o'yinlarini to'liq ko'rsatishga yo'l qo'ymagandir. 

Yangi mavsumga Serxio Marinangeli tayyorlagan, chempionat startida esa Aleksandr Xomyakov qabul qilib olgan "Mashal"

O'z o'rnida "Mashal"ga ham to'xtalib o'tishimiz lozim. Muborakliklar qishki yig'inni katta qismini ispaniyalik Serxio Marinangeli boshchiligida o'tkazdi. Mavsum startiga oz qolganida esa Aleksandr Xomyakov jamoaga qaytdi. Bunday qiyin pallada murabbiyga ham, futbolchilarga ham oson emas. CHunki mavsumga jamoani boshqa murabbiy tayyorladi, chempionat startida esa boshqa murabbiy qabul qilib oldi. 

Mazkur savol bilan matbuot anjumanida Aleksandr Xomyakovga yuzlanganimizda shunday javob qaytardi: "CHet ellik murabbiy qanday ishlaganini muhokama qilishim qiyin. Men 8 kundan buyon jamoa bilanman va ko'p o'zgartirish qila olmasdim. Har qanday murabbiy yangi jamoani qabul qilib olgach, qandaydir o'zgartirish kiritish uchun kamida 6 hafta vaqt kerak bo'ladi". 

"Gazchilar" qishki transferlar vaqtida faol bo'lgani yo'q, imkoniyatdan kelib chiqib yangi ijrochilar taklif qilindi. Ular orasidan "Bunyodkor" bilan o'yinda Doniyor Usmonov, Muhammad Yo'ldoshev boshlang'ich tarkibda o'yinni boshladi. Zaxiradan esa Xudoyorxon Sadullaev, Ukeme Michel Uilyams, SHahzod SHaymanov, CHigozi Samuel Ononivu kabi yangi futbolchilar o'rin egalladi. Xomyakov esa Sadullaev va Michel Uilyamsga imkoniyat berdi.  Ikkinchi raqam ostida o'ynashga va qarshi hujumlardan foydalanishga intilgan "Mashal" o'zi yaratgan kam sonli vaziyatlardan foydalana olmadi. 66-daqiqada Humoyun Murtozaevning jarima maydoni ichidan yo'llagan zarbasini Yagudin ushlab oldi. Undan oldin esa Murtozaevning uzatmasidan so'ng Doniyor Usmonovning jarima maydonchasi ichida bergan zarbasi noaniq chiqqandi. 

O'yin taqdirini hal qilgan legionerlar

Ikkinchi bo'limni faol boshlagan "Bunyodkor" futbolchilari 49-daqiqada hisobni ochishdi. Qirg'izistonlik legioner Odiljon Abdurahmonovning zarbasidan keyin to'p nigeriyalik hujumchi Ibrohim Tomivaga tegib, darvozaga yo'l oldi. Goldan keyin bir necha daqiqa himoyalanishga majbur bo'lgan "qaldirg'ochlar" 70-daqiqadan so'ng yana tashabbusni qo'lga olishdi va keskin vaziyatlar yaratishdi.  Muborakliklar futbolchisi Muhammad Yo'ldoshev zaxiradan maydonga tushgan Farrux Ikromovni ochiqchasiga qo'pollik ishlatib, to'xatib qoldi. Vaziyatga yaqin turgan hakam esa Yo'ldoshevni to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka bilan jazoladi. Keyingi daqiqalarni bir kishi kam bo'lib o'tkazgan "Mashal" himoyaga ko'proq etibor qaratishni boshladi. "Bunyodkor" esa tabiiy ravishda bosimni oshirgan holda o'yinga yakuniy nuqta qo'yishga harakat qildi. 84-daqiqada Xurshid G'iyosovning kuchli zarbasi darvoza to'siniga tegib qaytdi. Hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda umidni so'ndirmagan holda hujum uyushtirgan Aleksandr Xomyakov shogirdlari burchak zarbasini ishladi, ushbu vaziyatda darvozabon Botir Nosirov ham raqib jarima maydonchasi ichiga etib keldi. Biroq yakuniy urinishni golga aylanishiga "Bunyodkor" posboni Ravshan Yagudin yo'l qo'ymadi. Qirg'izistonlik futbolchini uzatmasidan nigeriyalik hujumchi gol urgan o'yinda "Bunyodkor" g'alabani o'ziniki qildi. 


Golga assistentlik qilgan Odiljon Abdurahmonov uchrashuvdan so'ng saytimizga fikrini bildirdi: "Mavsumni g'alaba bilan boshlash yoqimli. Har qanday musobaqada birinchi o'yin doim qiyin bo'ladi. Nafaqat bizga, balki qolgan ishtirokchi jamoalarga ham. Omad bizga kulib boqdi. O'z o'yinimizni yuz foiz ko'rsata olganimiz yo'q. Navbatdagi turlarda bir-birimizni yanada yaxshiroq tushunib, chiroyli o'yin ko'rsatishga harakat qilamiz. To'g'ri, birinchi bo'limda o'yinimiz qovushmadi. Bu maydonda joriy yilda birinchi marotaba o'ynadik. Maydonni his qilib olishmiz uchun ham malum vaqt ketdi. Maydonga moslashib olganimizdan so'ng ikkinchi bo'limda rejalarimiz qisman ish berdi. Goldan so'ng bir necha daqiqa himoyalanishimizga to'g'ri keldi. Keyin yana o'zimizga kelib oldik va oxirgi daqiqaga qadar kurashdik".

Qiziqarli fakt va malumotlar

"Bunyodkor" va "Mashal" klublari O'zbekiston chempionatida bugunga qadar 22 marta o'zaro o'yin o'tkazishgandi. Kechagi bahs esa jamoalarning 23-uchrashuvi sifatida tarixga kirdi. Natijalar "qaldirg'ochlar"ning kattagina ustunligini ko'rsatmoqda. Joriy yilgi uchrashuv bilan hisoblaganda  19ta bahsda Toshkent klubining qo'li baland kelgan. Ikkita uchrashuvda durang kuzatilgan va yana ikkita bahsda "Mashal" ushbu raqibni o'z maydonida taslim qilgan. "Bunyodkor" o'zaro o'yinlarda 45ta gol urgan va 7ta gol o'tkazib yuborgan.

Toshkentdagi 12ta uchrashuvda "Mashal" faqat bir marta durang o'ynagan (2016 yil, 0:0) va 11 bor mag'lub bo'lgan. Bu o'yinlarda Muborak klubi atigi 1 marta "Bunyodkor" darvozasini ishg'ol qilgan (2014 yil, 1:5). O'shanda yagona golga Mo'ydin Mamazulumov mualliflik qilgandi. "Gazchilar" Superligada beshinchi yildirki, Toshkentda "qaldirg'ochlar" darvozasini ishg'ol qila olishni uddasidan chiqa olmayapti (2018, 2019 yilgi mavsumlarda jamoa Superligada ishtirok etmagan). "Bunyodkor" esa o'z maydonida qatorasiga ikki mavsum bittadan ortiq gol urayotgani yo'q. O'tgan mavsum bu jamoalarning "Jar" stadionida o'tkazilgan bahsida Jasur Jaloliddinovning yagona goli g'alaba keltirgandi. Navbatdagi turda Aleksandr Xomyakov shogirdlari Toshkentda "Paxtakor" mehmoni bo'lishadi, "Bunyodkor" esa "Metallurg" maydoniga safar uyushtiradi.

Abdulaziz Iskandarov

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика