So’nggi yangiliklar

00:55Рамосга Жанубий Америкадан таклиф келиб тушди  0 00:27Қирғиз Республикаси устози: "Биз қилган ўзгаришлар рақибга бир қанча ноқулайликлар туғдирди. Бугун уларни хайрон қолдира олдик"  5 00:05Рустам Ашурматов: "Ўзимизга ўзимиз ютқазмасак, бу гуруҳда ҳеч ким бизни мағлуб эта олмайди"  9 23:35Одилжон Ҳамробеков: "Бугун тактика ёки индивидуал маҳорат эвазига эмас, кучли иштиёқ сабабли ғалаба қозондик"  15 23:24Миллатлар лигаси. Нидерландия – Германия, Англия – Финляндия. Таркиблар аниқ!  0 23:15ЖЧ-2026 саралаши. Эрон БААни қийинчилик билан мағлуб этди. Ўзбекистон иккинчи турдан кейин тўплар нисбатига кўра биринчи ўринда  48 22:47ЖЧ-2026 саралаши. Иордания Фаластинни, Жанубий Корея Ўмонни мағлубиятга учратди  5 22:39Сречко Катанец Қирғиз Республикасига қарши кечган қийин учрашувдан сўнг нималар деди? (тўлиқ матбуот анжумани)  30 21:15ЖЧ-2026 саралаши. Қирғиз Республикаси - Ўзбекистон 2:3  37 20:55ЖЧ-2026 саралаши. Марказий Осиё дербисида Ўзбекистон камбэк қайд этди ва гуруҳда пешқадамга айланди  514 20:05"Ювентус" ярим ҳимоячиси билан хайрлашишга тайёр  1 19:33ЖЧ-2026 саралаши. КХДР ва Қатар муроса кўчасини танлашди  60 19:28ЖЧ-2026 саралаши. 70 дақиқадан кўпроқ вақт камчиликда ўйнаган Саудия Арабистони ғалабага эришди   4 19:05ЖЧ-2026 саралаши. Австралия яна юта олмади  9 18:31Футзал. Таиланд терма жамоаси Бухорога етиб келди  0

Qanday qilib virtual futbol sabab APL etakchisi jarohati fosh bo'ldi?! Yangiliklar

Qanday qilib virtual futbol sabab APL etakchisi jarohati fosh bo'ldi?!

"Villa" futbolchilari o'zlari xohlamagan holda Grilishni "sotib qo'yishdi".

Virtual futbol real hayotdagi ishlarga to'g'ridan-to'g'ri tasir o'tkazgan holat yuz berdi. SHu kunlarda uning oqibatida katta janjal kelib chiqdi. Hammasi 22 fevral kuni boshlandi, "Aston Villa" bosh murabbiyi Din Smit "Lester"ga boy berilgan (1:2) o'yindan keyin jaxl otiga mingandi. Ijtimoiy tarmoqlarda yarim himoyachi Jek Grilish bu o'yinni o'tkazib yuborishi haqida malumotlar tarqalib ketdi.

"Ijtimoiy tarmoqlarda Grilish o'ynamasligi haqida malumotlar aylanib yurgandi. Agar bu malumot "klub ichidan" tarqatilgan bo'lsa, men albatta o'sha insonni topaman va jazolayman. Bunday holat meni qoniqtirmaydi. Men to'liq optimistman va Grilish navbatdagi o'yinga, "Lids" bilan uchrashuvgacha qaytishiga umid qilaman, lekin yakuniy qarorni shifokorlarimiz beradi", — dedi Smit.

Grilishning jarohati borasida malumot qaerdan tarqalib ketdi?

Keyingi kuniyoq "Villa" mediklari astoydil yashirishga uringan Grilishning jarohati qanday fosh bo'lgani malum bo'ldi. "Aston Villa"ning bazi futbolchilari va xodimlari "Lester" bilan o'yindan oldin deyarli sinxron ravishda o'zlarining fentezi-jamoalari tarkibidan yarim himoyachini chiqarib yuborishgan. Virtual liganing sinchkov kuzatuvchilari bo'lmaganida klub vakillarining rejasi ish bergan va bu holatga ortiqcha etibor qaratilmagan bo'larmidi?!

APL fentezisi juda mashhur va u erda Premer-liga klublari vakillari ham o'z jamoalariga ega. "Aston Villa"da futbolchilardan Mett Targett, Konor Xurixeyn va Nil Teylor ligada ro'yxatdan o'tishgan. Aynan ular "Lester" bilan to'qnashuvdan avval Grilish bilan "xayrlashgan".

Endi klub ushbu futbolchilarga virtual ligada ishtirok etishni rasman taqiqlab qo'ydi. Katta ehtimol bilan yaqin vaqtlarda APLning boshqa klublari ham shunday yo'l tutadi.

Qiziq tomoni, Grilish liganing ko'plab ishtirokchilari tarkibida bo'lgan. Raqib kuchli bo'lgan bo'lsa-da, futbolchi hech bo'lmaganda "Aston Villa"ning 2019 yil noyabr oyidan buyon birorta uchrashuvini o'tkazib yubormagani va ancha yaxshi statistikasi uchun (mavsumning 22 uchrashuvida 6ta gol urdi va 12 samarali uzatma etkazib berdi) o'yinchilarning tanloviga sabab bo'lgan. Hozir u fentezida "bozori chaqqon" yarim himoyachilar ichida to'rtinchi pog'onada bo'lib turibdi.

Mavzu shu qadar ommalashdiki, o'yindan keyingi matbuot-anjumanlaridan birida bu borada Xosep Gvardiolaga ham savol berishdi. Jurnalistlar murabbiy malumotlar bu tarzda tashqariga chiqarib yuborilishiga munosabatini so'rashdi. Pep javob berdi: "Aston Villa"da bo'lgan ishlar haqida eshitdim. Futbolchilar turli o'yinlarni sevib o'ynashlarini bilardim, lekin kechagi kungacha FPL haqida eshitmagan ekanman. Bazan futbolchi bo'lajak turga tarkib tuzayotib do'stlari bilan maslahatlashadi va bazi ommalashmasligi zarur malumotlarni ham ishlatadi. O'ylashimcha bu etika qoidalariga ham, professionallikka ham to'g'ri kelmaydi. Ammo men buni nazorat qila olmayman".



APL fentezi-ligasi nima?

Bu rasmiy virtual mavsum, APL sayti uni 2002 yilda ishga tushirgandi. Qoidalar oddiy, tushunarli va yillar davomida o'zgarmaydi: virtual byudjetga 15 futbolchidan iborat jamoa tuzish va ularning real hayotda muvaffaqiyatli ishtirokiga umid qilish zarur. Turlar orasida 3tagacha o'yinchini almashtirish mumkin.

Yakuniy qaror uchun dedlayn — turning birinchi uchrashuvidan 90 daqiqa oldin. O'z vaqtida APL o'zining fentezisining "piariga" jiddiy etibor qaratgan. Saytda muntazam ravishda professional skautlardan maslahatlar, matnli va video-tahlil, podkast, "tvitter" va hozir u erda taxminan 8 million nafar ishtirokchi bor. Ularning orasida — APL futbolchilari yoki mashhur ishqibozlar ham bor. Misol uchun, mashhur shaxmatchi Magnus Karlsen.

Yana bir qiziq holat, Grilish bilan bo'lgani kabi holatlar avval ham yuz bergan. 1 fevral kuni Endi Robertson jamoasidan Sadio Maneni olib tashalagan, oradan ikki kun o'tib esa u "Brayton"ga qarshi maydonga tushmagan. 20-turda "Lester" vakillari Ues Morgan va Xamza CHouduri tarkiblaridan Jeymi Vardini chiqarib yuborishadi. Angliyalik hujumchi shundan keyin to'rtta turda maydonga tushmagan.

Britan OAV taxminlariga ko'ra, klublar muammo jiddiylashib borishidan havotirda. Ular buyog'iga boshqa futbolchilarning ham akkauntlari kuzatib borilishi va tahlil qilinishidan tashvishda. Ehtimoliy qarorlardan biri — klublar futbolchilaridan tarkiblariga jamoadoshlarini olmaslikni yoki butkul virtual o'yinda ishtirok etmaslikni talab qiladi.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика