Qamoqdagi Dani Alves qochishni reja qilgan ekan
17 fev 2024 14:45
Yangiliklar
Qamoqdagi Dani Alves qochishni reja qilgan ekan
Dani Alves 2023 yilning yanvaridan beri 2022 yilining dekabrida Barselonada ayolni zo'rlagani uchun qamoqda saqlanmoqda. 14 noyabr kuni sud tekshiruv ishlarini yakunlaganini elon qildi. Prokuratura futbolchi uchun 9 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosini talab qilmoqda. Zo'rlash uchun maksimal muddat 12 yillik qamoq hisoblanadi.
Bu voqea bo'yicha sud ishi 5-7 fevral kunlari bo'lib o'tdi. Sud prokuror talabi bo'yicha yakuniy qaror chiqqanuicha Alvesni qamoqda qoldirdi.
Fiesta kanali efirida "Barselona" sobiq futbolchisi vaqtinchalik ozodlikka chiqqanida Braziliyaga qochib ketishni rejalashtirgani haqida malumot berildi. Janubiy Amerika mamlakatida Ispaniya bilan ekstradiciya bo'yicha kelishuv yo'q.
Teleboshlovchining so'zlariga ko'ra, Alves kameradoshlari bilan bir necha marta o'z rejalari haqida suhbatlashgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar