So’nggi yangiliklar

07:10"Бунёдкор" дарвозабони ОКМКга ўтди  0 00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  2 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  1 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  3 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  2 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  6 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  1 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  5 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  16 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  7 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  6 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0

"Qaldirg'ochlar" A Seriyaga qaytdi Yangiliklar

"Qaldirg'ochlar" A Seriyaga qaytdi

"Breshia"ning A Seriya qaytgani borasida qisqacha to'xtalib o'tamiz.

▪️ "Qaldirg'ochlar" 2011 yildan buyon ilk bor A Seriyaga qaytishdi. O'shanda jamoa 19-o'rinni egallagan va quyi divizonga tushib ketgan edi. U paytlar jamoani Beppe Yakini, Mario Beretta va yana Beppe Yakini boshqargan edi. Tarkibda Andrea Karachcholo, Ale Dyamanti, Mattia Sereni, Eder va Perparim Xetemay kabi futbolchilar harakat qilgan.

▪️ 2013 yil "Breshia" oltinchi pog'onani band etdi va elitaga qaytishga yaqin edi. Lekin o'tish bosqichi yarim final uchrashuvida "Livorno"ga yutqazib qo'ydi.

▪️ 2015 jamoa 20-o'rinni egalladi va quyiroq divizionga tushib ketishi zarur edi, biroq "Parma"ning kasodga uchragashi "Breshia"ni qutqarib qoldi.

▪️ 2017 yil "Breshia"ni 6,5 mln evro evaziga "Kalyari" va "Lids"ning sobiq prezidenti Massimo CHellino sotib oladi.

▪️ "Breshia" mavsumni "Kalyari" hamda "Inter" sobiq hujumchisi David Suaso bosh murabbiyligi ostida boshlaydi. Ammo gonduraslik bor yo'g'i uch turdan keyin kursisini bo'shatishga majbur bo'ladi. Ikki ochko CHellinoni qanoatlantirmadi va boshqaruv Eudjenio Koriniga topshirildi. A Seriyada Korini "Kevo" va "Palermo"ni boshqargan, B Seriyada esa – "Krotone" hamda "Novara"da ishlagan. Korini qo'l ostida 31 o'yinda "Breshia" bor yo'g'i uch bor mag'lub bo'ldi.

▪️ Jamoaning asosiy gavhari – Sandro Tonali. Bir haftadan so'ng futbolchi 19ga to'ladi. Juda yosh bo'lishiga qaramay, Sandro Italiya termsiga chaqirilgan va bugungi kundagi transfer narxi kamida 40 million evroni tashkil qilmoqda. Agar "Breshia" sotaman desa, qator top klublar Tonalini o'z safiga qo'shib olishga tayyor turibdi. 

▪️ Jamoa to'purari – Alfredo Donnarumma. O'tgan mavsum "Empoli" safida 23ta gol urdi, lekin A Seriyaga hujumchini olishmadi. 1,7 mln evro evaziga 15-o'rinni egallagan "Breshia"ga sotib yuborildi. "Qaldirg'ochlar" safida Donnarumma 25ta gol urishga ulgurdi. U bu bilan "Empoli" rahbarlari xato qilganini isbotlamoqchi ekan.

▪️ A Seriyada "Breshia"ning rekordi – 2000/01 yilgi mavsumda sakkizinchi o'rin. O'shanda jamoani Karlo Maccone boshqargan, Asosiy tarkib esa shunday ko'rinish olgan: Srnichek – Bonera, Kalori, Petrucci – Diana, Bizoli, A. Filippini, E. Filippini, Bakini – Xyubner, Badjo.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика