So’nggi yangiliklar

09:05«Бухоро» «Андижон» футболчиси билан шартнома тузди  1 08:32Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси Япония билан жанговар дуранг ўйнади  4 07:58Испанлар Европани «забт этишди». «Қизил фурия» икки кун ичида иккита «Евро»да ғалаба қозонишди  8 07:26Ўртоқлик учрашуви. «Қўқон-1912» «Сўғдиёна»ни мағлуб этди   1 01:48"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини 14 млн евро эвазига харид қилишга тайёр, аммо...  3 01:21"Милан" сардори "Галатасарой"ни рад этди. Турк клуби ҳимоячига "Милан"дагидан кўпроқ маош таклиф қилганди  1 00:51"Комо" Рафаэль Вараннинг трансферини эълон қилди  3 00:22"Жирона" "Тоттенхэм" форвардини ижарага олиш бўйича келишувга эришди  1 23:51"Манчестер Юнайтед" яқин вақтларда Санчонинг тақдирини ҳал қилади  1 23:21"Барселона" собиқ футболчиси "Ювентус"га ўтишга яқин  1 22:55Мбаппесиз: "Реал" АҚШдаги турне учун таркибини эълон қилди  4 22:31"Реал" 2025 йилда Трент ва Дэвис билан текинга шартнома имзолаш устида ишламоқда  5 22:06"Галатасарой" 22 млн еврога РПЛдан ўйинчи харид қилади?  1 21:23"Челси" "Реал" посбони билан шартнома имзоламайди  7 20:56Сержи Роберто "Аякс"га ўтиши мумкин. У "Барса"дан эркин агент мақомида кетади  1

Qalbingdan qo'rquni quv! Yangiliklar

Qalbingdan qo'rquni quv!

Teglar :  AyntraxtNiko Kovach
Taktikaning sen uchun ahamiyati yo'q. U faqat jamoaga nimadir etishmaganda kerak bo'ladi.

Agar yurakdan o'ynaydigan bo'lsang, hech qanday taktikaga zarurat bo'lmaydi. - 3 nafar hujumchini maydonga tushirasanmi, ikki yoki bir nafarmi, farqi yo'q!

Yuqoridagidek fikr yuritadigan murabbiyni ishga olishga jazm etgan sohib har qanday holatga tayyor turishi lozim. Uni zamondan ortda qolgan mutaxassisga ishonch bildirganlikda ayblashlari turgan gap. Biroq hayotning achchiq-chuchugini boshdan kechirgan Niko Kovach nima deganini yaxshi biladi va yakunda ish beruvchini uyaltirib qo'ymadi.

May oyining so'nggi kunlarida Ayntraxt umuman ilojsizdek ko'ringan vaziyatdan chiqib ketdi va bundesligadagi o'rnini saqlab qoldi. Aslida Niko Kovach Armin Fening istefosidan keyin bosh murabbiylikka davogarlik qilayotganlar orasida favorit emasdi. Nomzodlarning ko'pchiligi o'z faoliyatiga quyi ligaga tushib ketish sharmandaligi yozilib qolishidan cho'chib kurashni to'xtatishgandi. Kovachda boy beradigan hech vaqosi yo'q, shu paytgacha biror-bir jamoada mustaqil ishlab ko'rmagandi. SHu bois, burgutlar menejeri Bruno Xyubner unga qo'ng'iroq qilib hatto salomlashishni ham ep ko'rmay, ish taklif etganida o'ylab ham o'tirmadi. Tez orada Ayntraxt to'qnash bahslariga etib keldi, o'z maydonida Nyurnberg bilan durangga erishdi. Javob uchrashuvida esa Xarris Seferovichning safardagi yagona goli bundesliga yo'llanmasi taqdirini hal qildi. Uchrashuv yakunlangach, mehmonlar o'z muxlislari uchun ajratilgan sektor sari oshiqdilar, lekin kameralar Niko Kovachni nazardan chiqarishdi. g'olib jamoa bosh murabbiyi o'z shogirdlari bilan g'alabani nishonlash o'rniga qarama-qarshi tomonga yo'l oldi. CHunki u raqib futbolchisi Niklas Fyullkrugning ho'ngrab yig'layotgani, Tim Laybold esa debyut mavsumida shunday omadsizliklikka duch kelganiga chiday olmasdan maydon markazida cho'zilib yotganini ko'rgandi. Kovach ularga hamdardlik bildirish, sal bo'lsada ko'nglini ko'tarish maqsadida ular tomon yo'l olgandi. Himoyachi raqib jamoaning bosh murabbiyi taskinini tushuna oladigan holatda bo'lmasada, qaddini tiklab olishga rozi bo'ldi. Ko'p kuyunaverma, bunday alamni men ham Turkiyaga qarshi bahsda totib ko'rganman, - degan edi xorvatiyalik murabbiy raqib himoyachisiga. Laybold xorvatiyalik mutaxassisning do'stona samimiylik bilan uzatgan qo'lini mahkam ushlagan holda o'rnidan turdi, Fyullkrug ham o'zini tutib oldi. Faqat shundan keyingina Kovach o'z jamoasining bayramona davrasiga qo'shildi. Oktyabr oyida nemis futbol ittifoqi xorvatiyalik murabbiyni raqib maydonida namo-yish etgan oliyjanobligi uchun Fair Play sovrini bilan mukofotladi. Bu harakatni beixtiyor amalga oshirdim. Hammamizni inson ekanligimiz birlashtirib turadi. Faqatgina murabbiygina emasman, birinchi nav-batda insonman!, - dedi Kovach sov-rin qabul qilish chog'ida. Ha, chindan ham bu daryo murabbiydagi odamiylik fazilatini hech qaysi taktikadan topolmaysiz!

Mart oyida frankfurtliklar bosh murabbiylik lavozimiga hatto daho kelganida ham jamoani quyi ligaga tushib ketishdan saqlab qololmasligiga amin edilar. O'shanda Ayntraxt elitani to'g'ridan-to'g'ri tark etadigan o'rinda edi. Hatto pley-off yo'llanmasi ham sarobga aylangan, Yulian Nyagelsman rahbarligidagi Xoffenxaym ishonchli o'yinlar ko'rsata boshlagan, 1,5 oydan keyin turnir jadvalining tubidan joy oladigan SHtutgart o'rtamiyona jamoalar safida edi.

Kovach bilan tuzilgan shartnoma 2017 yil yoziga qadar amalda bo'ladi. Uning nozik jihati shundaki, u faqat birinchi bundesligada o'z kuchida qoladi. Murabbiy bu tahqirona shartni ham qabul qildi. Frankfurtliklar mutaxassisni turar-joy bilan taminlay olmaganliklari ham ularning o'ta tang holatga tushib qolganini ko'rsatib turibdi. Niko jimgina mehmonxonada yashadi. Yangi jamoadagi ilk mashg'ulotda o'z shogird­lariga dabdabali maruza o'qimadi, balki voqelikni ro'y-rost qabul qilish kerakligini o'qtirdi: Jamoa quyi ligaga tushib ketishi bilan hayot to'xtab qolmaydi. Muhimi siz shunday ish qilingki, o'z ishingizdan o'zingiz uyalib qolmang. Ayn­traxtning echinish xonasidagi taxtaga murabbiy quyidagi so'zlarni yozib qo'ydi: Intizom, izzattalablik, mehnatsevarlik. Mana shu iboralar Kovachning hayotiy shioriga aylangan. Jamoa Ba-yerdan 0:3 hisobida mag'lubiyatga uchraganida ham murabbiy xotirjamlikni yo'qotmagan. quyiga tushib ketishdan qo'rqish kerak emas. O'z tajribamdan yaxshi bilaman, qo'rquv - sportchiga eng ko'p zarar keltiradigan hissiyot. qalbingizdan qo'rquvni chiqarib tashglang!

Aprel oyida Ayntraxt 3ta uchrashuvni g'alaba bilan yakunladi. Biroq xursandchilik qilishga ulgurmadi - jamoa sardori Marko Russ saraton xastaligiga chalingani malum bo'ldi. Tibbiy tahlillar natijasidan xabar topgan Russ so'ng­gi turda Verderga qarshi maydonga tushirishni iltimos qildi. Keyin Nyurnberg bilan to'qnash bahsida ham Kovach uning iltimosini rad etmadi. Marko esa o'z jamoasiga yordam berish o'rniga avtogol sohibiga aylandi. Oqibatda Nikodagi stress holati uyqusizlik balosiga aylandi.

Kasbimiz va faoliyatimizga oid o'y-fikrlardan xalos bo'lishning iloji yo'q. Ko'pchilik murabbiylarga tinchlik bermaydigan bu balo bizni ham 24 soat davomida qiynaydi, - degandi Niko yozda.

Nyurnbergdagi javob uchrashuvi arafasida murabbiy o'z shogirdlariga bafurja ko'rsatma berishga ham ulgurmadi. SHunchaki, echinish xonasiga kirdi-da, ikki og'iz vaz aytdi: Yigitlar, Ayntraxt - 117 yillik tarixga ega jamoa. Siz bu tarixni davom ettirib, uning bir qismiga aylanishingiz mumkin. Maydonga tushing-da uni amalga oshiring!

O'sha oqshom Ayntraxt qalbidan qo'rquvni quvgan holda, chin yurakdan to'p surdi. Kovachni nazardan qochirgan kameralar esa uning ko'z yoshlarini tasvirga tushirish imkonidan mahrum bo'lishdi.

Ayntraxtda Nikoga uning ukasi Robert yordam beradi. Yordamchi murabbiy asosan o'yinlar tahlili va taktika bo'yicha javobgar. Robert akasiga qaraganda ancha kamgap va xotirjamroq. Niko esa mashg'ulotlar jarayonida futbolchilarga tez-tez ko'rsatmalar berib turadi. qizig'i, tarkibda 16 nafar legionerlar to'p surishadi. Ular 8 xil tilda so'zlashadilar - bunday manzarani Evropaning boshqa hech bir klubida uchratmaysiz. Futbolchini qaerdan kelganligi meni umuman qiziqtirmaydi. Ispaniyalikmi, germaniyalikmi yoki Balqondan kelganmi, menga farqi yo'q. SHuningdek, yoshi, kecha yoki bundan 3 oy oldin qaerda yurganligi ham ahamiyatli emas. Menga uning hozir qaerda ekanligi, jamoaga qanchalik manfaat keltira olishi muhim. Menda yosh yoki faxriy futbolchi emas, balki yaxshi va yomon futbolchi tushunchalari bor, xolos, - deydi Kovach.

To'g'ri, futbolchilar sportning individual turlariga qaraganda kamroq mashq qilishlarini Niko inkor etmaydi. Ammo yumushlar faqat maydondagi mashg'ulotlar bilan yakunlanib qolmasligini unutmaslik kerakligini takidlaydi. O'z shogirdlaridan mashg'ulotlarga 2 soat avvalroq kelishni talab qiladi. Bazaga kelgan payt mobil telefonlarni o'chirib qo'yishlarini tayinlaydi. Mash­g'ulot arafasida futbolchilar birgalikda tushlik qilishlarini, o'zaro hol-ahvol so'rashib gurunglashishlarini istaydi. Ahil va uyushqoq jamoani shakllantirishda bu juda muhim jihat. Suhbat chog'ida o'yinchilar turli vaziyatlarda qaysi poziciyani egallash, raqib himoyachilarini dog'da qoldirish va bosha rejalarni ishlab chiqadilar. Axir til insonga o'zaro muloqot uchun, bir-birini yaxshi bilib olish uchun berilgan, - deydi murabbiy.

Niko o'z o'yinchilariga taalluqli barcha malumotlarni bilishga qiziqadi, muammolarini birgalikda echishga intiladi. CHunki futbolchilik davrida o'zi ham ayrim qiyinchiliklarga duch kelgan. Masalan, Gertadagi dastlabki mavsumdan keyin u futboldan negadir sovub, mashg'ulotlarga ishtiyoqi pasayib qolgandi. SHunda otasi unga yordam qo'lini cho'zib, to'g'ri maslahat bergandi: Bilasanmi, Hammasi jonga tegdi degan fikrga kelish bo'lib turadigan voqea. Sening futbolda erishgan natija va nufuzingdan farxlanaman. Tengdoshlaringning ko'pchiligi bekorchilikdan sang'ib yuribdi. Bu yog'ini hal qilish o'zingga havola. Undan hech narsa talab qilmay, o'z ko'ngliga qarab ish tutishiga izn bergani Nikoga kuchli tasir etdi. Keyinchalik Kovach o'zidan ko'ra ko'proq otasini o'ylab ish tutadigan, ko'proq mashq qiladigan va yanada yaxshiroq o'ynashga intiladigan bo'ldi. Endi otasidan olgan saboqlar unga murabbiylik faoliyatida ham qo'l kelmoqda. Niko har bir shogirdining muammosidan xabardor bo'lishga, qo'lidan kelganicha ko'maklashishga intiladi. Lekin qaysi yo'lni tanlash va qanday ish tutish masalasida futbolchilarga to'la erkinlik beradi.

Yaqinda Ayntraxt Menxengladbaxda mahalliy Borussiya bilan kuch sinashib, raqib maydonidan qimmatli ochko bilan ortga qaytdi. O'yin tugagach, Kovach o'z shogirdlari bilan echinish xonasiga yo'l oldi. Biroq allaqachon huvillab qolgan stadionning mehmonlar uchun ajratilgan sektorida Ayntraxt muxlislari kuylashni davom ettirayotgan edilar. Buning eshitgan murabbiy ularning huzuriga oshiqdi va ajoyib qo'llab-quvvatlash uchun minnatdorchilik bildirdi. Muxlislar ham uni gulduros qarsaklar bilan olqishlashdi. Ha, oliy janoblik qudrati oldida anchayin malaka ham o'z kuchini yo'qotadi.

A.ISROILXONOV tayyorladi

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика