So’nggi yangiliklar

00:50Расман: Ренан Лоди Бразилия клубига ўтди  0 00:20Флик "Барса" билан шартномасини 2028 йилгача узайтириш масаласини муҳокама қилади  0 23:55Ла Лигада декабрь ойининг энг яхши ўйинчиси бўлишга номзодлар номи маълум қилинди  1 23:34ОЧЛ-2. "Ал Насср" "Ал Завраа" устидан йирик ҳисобда ғалаба қозонди. "Истиқлол" "Ал Муҳаррақ"дан устун келди  1 23:07ОЧЛ-2 "Аркадағ" ўз уйида "Ал Ҳалдия"ни мағлубиятга учратиб, плей-офф босқичига йўл олди!  13 22:55ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди  122 22:36Фабрегас: "Реал"даги исталган ўйинчи майдонга тушишга лойиқ. Алонсога қийин"  2 21:45Жавоҳир Сидиқов "Насаф" билан хайрлашди  7 21:22Ван де Вен оғир жароҳат етказгани учун Исакдан кечирим сўради  1 20:52Аморим Фернандеш ва Майну "Ньюкасл"га қарши ўйнамаслигини маълум қилди  0 20:21"Хоразм" Аббосжон Отахонов билан шартномани узайтирди  0 19:28"Ливерпуль" спорт директори Салоҳнинг агенти билан музокара ўтказади, футболчи эса Африка Кубогида  0 19:00"Шунчаки, мен кучлилик қилдим". Это'О ва терма жамоа бош мураббийи ўртасидаги жанжал, иккита қайднома... Барчаси ҳақида батафсил гаплашамиз  2 18:47МЮ Семеньога таклиф билан чиқди, аммо рақобатчилардан кўпроқ тўлашга тайёр эмасди  1 18:26Фабрегас "Реал" ҳақида: "Барча футболчилар ўйнашга лойиқ, Алонсонинг вазифаси қийин бўлса керак"  2

Qadrlanmagan qadrlilar Yangiliklar

Qadrlanmagan qadrlilar

Tunda O'zbekiston futzal terma jamoasi Litvadan Toshkentga qaytib keldi.

Jahon chempionati-2021dagi ishtirokini nimchorak finalda Eronga qarshi 8:9 hisobidagi mag'lubiyat bilan yakunlagan jamoamiz Vilnyus - Istanbul - Toshkent yo'nalishi bo'ylab tun yarmidan oqqanda poytaxtimizga etib kelishdi.

FOTO  JCH-2021. O'zbekiston futzal terma jamoasi Toshkentga qaytib keldi GALEREYA

Mundialda futzalchilarimiz muxlislar mehrini qozona olishdi. To'g'ri, biz unda bor yo'g'i bitta g'alabani qo'lga kiritdik. Lekin, Rossiya va Eron bilan o'yinlar, undagi mag'lubiyatlardan keyin ishqibozlar yigitlarni birdek olqishlashdi. Ular shunchalik munosib o'yin ko'rsatishdiki, hatto mag'lubiyatdan keyin ham olqish olishda davom etishmoqda.


Futzalchilarni kutib olish uchun Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga ularning oila azolari, muxlislar va OAV vakillari chiqishdi. Bir qarashda hammasi ajoyibdek...

Lekin, negadir aeroportda O'FA rahbariyatidan faqatgina bosh kotib Avaz Maksumov bor edi. Bo'ldimi?

Futzalchilarimiz yurtimizdan uchib ketishayotganda ularni kuzatib qo'ygani hech kim chiqmagandi.


Lekin, Litvadagi o'yinlardan keyin kutib olishga boshqacha tayyorgarlik bo'lishini kutgandim. O'FA rahbariyati chiqishini, karnay-surnay va  gullar bilan kutib olinishini kutgandim. Sababi, bu yigitlar amaldagi JCH finalchisi Rossiya va amaldagi bronza medallari sohibi Eron bilan tengma-teng o'yin ko'rsatib berishdi. Ular endi ko'pchilik uchun qadrlilarga aylanishdi. Ammo, o'sha qadrlilar kecha O'FA tomonidan qadrlanishmadi. Futzalchilar mundialdagi ishtirok uchun moddiy rag'batlantirilishi turgan gap. Ammo, aeroportda munosib kutib olish bu umuman boshqa narsa. Har qanday inson qilgan mehnatlari qadrlanishini ko'rishni xohlaydi. Delegaciyamizning har bir azosiga bir bog'lamdan gul va hech bo'lmaganda ikkitadan karnay-surnay qimmatga tushmasdi. Faqatgina bu narsaga etibor qaratish lozim edi xolos.

Jahon chempionatida 4ta o'yindan 3tasini yutqazganimiz rost, lekin izohlarda va ijtimoiy tarmoqlarda bildirilayotgan fikrlarga etibor qarating. Ularning 99 foizi ijobiy va yigitlarni olqishlovchi fikrlar. SHuncha mehr va olqishga o'z mehnati bilan erishganlarni chiroyli qilib kutib olish ham kerak edi. Terma jamoamiz vakillarining oila azolari, muxlislar va kutib olish uchun chiqqan barcha OAV vakillariga minnatdorchilik bildirib ketishni xohlardim.

Boshqa terma jamoalarimizni gullar va turli sovg'alar bilan kutib olishni qoyillatamiz. Futzalchilar ham shunday munosabatga munosib.

2019 yil Olmaliqning AGMK futzal jamoasi Bangkokda o'tkazilgan klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatida to'rtinchi o'rinni olganidan keyin Toshkentga qaytib kelishganda klub rahbariyati ularni mana shunday tarzda kutib olgani chiqishgan. Yoqimli-a?!


Yaxshi ham aksar o'yinchilarni oila azolari gullar bilan kutib olishdi. Bo'lmasa kim gul berardi ularga?


SHunga qaramay, futzalchilarimiz eng muhim narsaga erisha olishdi - muxlislar mehri!

Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: +36   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика