So’nggi yangiliklar

16:56"Бунёдкор" ҳужумчиси жамоани тарк этди  3 16:35"Реал" футболчиси Вальверде жаҳон рекордини ўрнатди  1 16:07Расман: "Брентфорд" "Ливерпуль" собиқ аъзосини бепул қўлга киритди  1 15:40Тер Штеген уни асосий дарвозабон сифатида кўрмайдиган Фликдан хафа  3 15:12"Манчестер Сити" 1 миллиард фунтлик келишувга эришди!  2 14:50"Навбаҳор" хорижда йиғин олиб боради  0 14:38Гарначо Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  1 14:15"Манчестер Юнайтед" Италия терма жамоаси ҳимоячисини нишонга олди  0 13:48Беннасер ва Адли фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин  0 13:21"Нефтчи" кениялик форвардга қизиқмоқда  8 12:58Буну, Кукурелья, Витинья, Палмер... КЖЧ рамзий терма жамоаси  2 12:30"Хоразм" ярим ҳимоячиси жамоадан кетди  1 12:08Расман: Ҳожимат Эркинов "Пахтакор"га қайтди  6 11:50"Атлетико" Аргентина терма жамоасининг яна бир вакилини харид қилмоқчи  0 11:21Флетчер "Манчестер Юнайтед" U-18 бош мураббийи этиб тайинланди  0

Qadamboy Nurmetov: “Yangi to'pga o'rganishda noqulayliklar bo'lishi tabiiy hol” Yangiliklar

Qadamboy Nurmetov: “Yangi to'pga o'rganishda noqulayliklar bo'lishi tabiiy hol”

“Qizilqum” va “Nasaf” o'rtasidagi uchrashuv bilan Superliganing birinchi turiga yakun yasaldi.

Hamid Aktamov shogirdlari o'z maydonida Qarshining “Nasaf” jamoasini qabul qildi va 1-3 hisobida mag'lubiyatga uchradi. Mazkur bahsdan so'ng zahiradan maydonga tushgan Qadamboy Nurmetov fikrlarini bildirdi.

“Jarima zarbasidan gol o'tkazib yuborgach shoshilib qoldik. Boisi, o'z uyimizda to'p tepdik. G'alaba uchun madonga chiqqandik. Uchrashuvda birinchi bo'lib hisobni ochdik. Raqibning gollaridan so'ng diqqatimiz yo'qoldi. Oldinga intilishga majbur bo'lganimiz ularga foyda berdi. “Nasaf” jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Jamoadoshlarimga rahmat aytaman. Ohirgi daqiqalarga qadar kurashni davom ettirishdi. Stadionga tashrif buyurgan muxlislarga minnatdorchilik bildiraman. Endi murabbiylar shtabi bilan birgalikda o'yinni tahlil qilamiz va xatolar ustida ishlaymiz. Keyingi turda g'alaba qozonib aybimizni yuvamiz degan umiddaman. Har bir ishni ortida yaxshilik bor. Yangi to'plar qulaymi? O'zgarish bo'lganidan keyin boshida to'pga ko'nikish qiyin bo'ladi. Ushbu to'plarda har kuni mashg'ulotlar o'tkazilsa o'rganib ketishimiz oson kechadi. Menimcha, yomon to'plarga o'xshamaydi”, deydi Nurmetov.

Abdulaziz Iskandarov yozib oldi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика