Qadamboy Nurmetov: "Bunyodkor" bilan o'yinda faqat g'alaba uchun maydonga tushamiz"
26 avg 2020 17:37
Yangiliklar
Qadamboy Nurmetov: "Bunyodkor" bilan o'yinda faqat g'alaba uchun maydonga tushamiz"
Ushbu bahsdan so'ng "Qizilqum" jamoasi futbolchisi Qadamboy Nurmetov fikrlarini bildirib o'tdi.
"Menimcha durang natija o'yinga mos bo'ldi. CHunki, ikki jamoa ham g'alaba uchun harakat qildi. Bizda ham, raqibda ham golli vaziyatlar ko'p bo'ldi. O'yin teng kurashlar ostida kechdi. Oraliqdagi tanaffusda tarkibimizni kuchaytirib oldik, tajribali futbolchilar keldi. SHu sababli tanaffus foydali bo'ldi deb o'ylayman. Yangi futbolchilar bilan chiqishib ketishda muammo yo'q, bir-birimizni maydonda yaxshi tushunmoqdamiz. Galdagi raqib "Bunyodkor" jamoasi. Albatta, ular avvalgi jamoalarga qaraganda kuchliroq. Ammo, biz faqat g'alaba uchun maydonga chiqamiz. Uch ochko olish uchun qo'limizdan kelganicha harakat qilamiz ",- deydi Qadamboy Nurmetov.
Abdulaziz Iskandarov yozib oldi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar