Pyanich “Napoli”ga qarshi o'yinda maydondan chetlatilgani sabab muxlislardan uzr so'radi
04 mar 2019 08:30
Yangiliklar


Pyanich “Napoli”ga qarshi o'yinda maydondan chetlatilgani sabab muxlislardan uzr so'radi
“Yuventus” A Seriyaning 26-turida safarda “Napoli”ni mag'lub etdi.
O'yinda hisobni ochgan Miralem Pyanich 47-daqiqaga borib, ikkinchi sariq kartochkasini oldi va maydondan chetlatildi. Bosniyalik futbolchi esa o'yindan so'ng muxlislardan uzr so'radi.
“Dastlab goldan eyforiya bo'ldi. Keyin esa jamoadoshlarimni kamchilik bo'lib qolishiga sababchi bo'lganimni his qildim. Barchadan uzr so'rayman. Har qanday holatda ham hakamning qarorini hurmat qilish kerak ”,—deydi Miralem.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar