Pyanich "Barselona"da qolish uchun maoshining 60%ga kamayishiga rozi

Alisher
3 avg 2022, 18:24
"Barselona" yarim himoyachisi Miralem Pyanich Kataloniya klubida o'rnini saqlab qolishni xohladi.

Bosniyalik futbolchi "Barsa"da qolish uchun maoshining 60%ga kamayishiga rozi bo'ldi.

Oldinroq, murabbiylar shtabi Pyanichga o'zini ko'rsatish uchun imkoniyat berishga tayyorligi ma'lum bo'lgan edi.

Pyanichning "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo