Pulka. “Lokomotiv-BFK” bilan “Norin” g'olib
06 dek 2015 11:53
Yangiliklar
Pulka. “Lokomotiv-BFK” bilan “Norin” g'olib
“A” guruhida 1-o'rinni egallagan “FarDU-Futbol info” jamoasi kecha “V” guruhda 2-o'rinni olgan “Lokomotiv-BFK”ga qarshi maydonga tushdi. Garchi farg'onaliklar uchrashuvda ilk bor hisobni ochishgan bo'lsada, “temiryo'lchilar” yakunda javob to'pini kiritib, mag'lubiyatdan qutilib qoldi. O'yinning asosiy bo'limi durang bilan intiho topgach, navbatn to'g'ridan-to'g'ri penaltilar seriyasiga etib keldi. Lotoreyada “Lokomotiv-BFK”ning iqtidorli posboni Ravshanbek Yagudin chinakamiga qahramonlik ko'rsatdi va ikki bor zarbani qaytarishga erishdi. Bu bilan u jamoasiga muhim g'alabani taqdim etdi.
“FarDU-Futbol-info” – “Lokomotiv-BFK” 1:1 (penaltilar bo'yicha 3:4)
Farg'ona. “Spartak” stadioni.
Hakamlar: Vadim Agishev, Timur Galeev, Akbar Po'latov, Akmal Rahimov.
Nazoratchi: Andrey Tambovcev.
Gol: SHerdor Turonov – Fotix Vosiqov.
“FarDU-Futbol info”: 41.Fahridin Mirzaqosimov, 3.Mamur Qosimov, 4.Zuhriddin Rahmatov, 5.Rustam Abduhamitov, 6.SHodiyor Xolmamatov, 11.Abror Hamidxodjaev, 13.Ahror Abdullaev, 14.Xayrullo Madaminov, 15.Alisher Nuraliev, 17.Mirzohid Egamberdiev, 21.SHerdor Turonov (S),
Zaxira: 16.Islom Saydullaev, 7.Usmon Soipov, 8.Dilmurod SHamatov, 10.Qahramon Mamadaliev, 12.Muhammadali Ermamatov, 18.Nurmuhammad Usmonov, 77.Xojimurod Nasriddinov.
“Lokomotiv-BFK”: 25.Ravshanbek Yagudin, 5.Dilmurodjon Meliqo'ziev, 6.Abdulaziz Abduhamitov, 8.Nikita Efremenko, 10.Fotix Vosiqov, 11.Rustam Yaraliev, 17.Hayotbek Sotvoldiev, 21.Humoyun Sultonov, 22.Afrosiyob Isoqov, 24.Vohid Xolboev (S), 26.Abbos Saidkarimov.
Zaxira: 2.Botir Xolliev, 7.Sunnatilla Saidov, 14.Vladimir Vasilev, 19.SHoxruh Rajabov, 20.SHoxruh Murotov, 23.SHoxrux Razzoqov, 27.Yahyo Ro'ziev.
Mazkur bahsdan so'ng navbat “Norin” – “Buxoro-2” o'yiniga etib keldi. Mazkur bahsda ham asosiy taymlarda durang (0:0) bilan yakun topgani uchun muxlislar penaltilar seriyasiga guvoh bo'ldi. “Norin” posboni bitta to'pni qaytargan bo'lsa, “Buxoro-2”ning etakchisi Nodir Jo'raev esa ustunni nishonga oldi.SHu tariqa haqlabodliklar 18 yillik tanaffusdan so'ng nihoyat yana birinchi ligaga qaytdi.
“Norin” – “Buxoro-2” 0:0 (penaltilar bo'yicha 4:2)
Farg'ona. “Spartak” stadioni.
Hakamlar: Igor Gormashov, Anvar Marajabov, Server Eremeev, Igor Xudoydotov.
Nazoratchi: Sulton Zaylobidinov.
“Norin”: 1.Azizbek Abubakirov, 2.Azizullo Mahmudov, 4.Alisher Abdullaev, 5.SHoirbek Ro'ziev, 6.Damir Javolitdinov, 3.Doston Ibragimov, 9.Anvar Abduqodirov (S), 17.Dilmurod Malikov, 11.Jamol Sirojiddinov, 10.SHahboz Jumaboev, 7.Akmal Yuldashev.
Zaxira: 28.Muhammadali Ibrohimov, 8.Bahodir Valiev, 14.Muhammad Nuriddinov, 16.Abdulaziz Yusupov, 12.Jahongir Yuldashev, 15.Husan Jumanazarov, 13.Sadriddin Rahimov.
“Buxoro-2”: 1.SHahzod SHamsiddinov, 19.Elshod Dilmurodov, 4.Mirjalol Jumaev, 8.To'ymurod Ortiqov, 5.Saiddoston Fozilov, 6.Mirzabek Hakimov, 10.Jonibek Tojiboev, 11.Mels Saidov (S), 22.Nodir Jo'raev, 7.Sardor Sulaymonov, 89.SHeroz Hamidov.
Zaxira: 12.Amirshox SHavkatov, 77.Solibek Karimov, 21.Abbos Xodjiev, 14.Jahongir Xayriev, 9.Istam Amonov.
SHu tariqa Farg'ona shahridagi pulka o'yinlari yakunlanib, kelasi yil birinchi ligada ishtirok etish xuquqini “Lokomotiv-BFK” o'zida saqlab qolgan bo'lsa, Haqlabodning “Norin” jamoasi 18 yillik tanaffusdan so'ng yana birinchi ligaga qaytdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar