So’nggi yangiliklar

14:52Азалий рақиблар қарама-қаршилиги: "Пахтакор" - "Ал Ҳилол" ўйинига тайёрмисиз?  2 14:29"Челси" 17 ёшли футболчи учун 15 млн. евро тўлайди  0 14:07"Атлетико" раҳбари Сересо Перес ҳақида: "Реал" тарихидаги энг яхшиси"  4 13:17Пике: "Реал" ва "Барселона" бир-бирига керак"  9 12:45Саудия Арабистони чемпионатида Тоуни ва Бензема Роналдуга деярли етиб олишди  3 12:17"Реал" "Арсенал" футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  3 11:55Аморим МЮ ўйини ҳақида: "Баъзида ижобий жиҳат топиш қийин бўлади"  1 11:50Интервью. Февзи Давлетов: "Тизимли ўйинимизни сақлаб қолдик. Трансферлар? Айнан керакли позицияга футболчи олинди"  3 11:30Рустам Хожаев: "Осиё кубоги мезбонлиги Марказий Осиё футболи ривожи учун жуда катта туртки бўлади"  4 10:53«Ман Сити» тарбияланувчиси «Манчестер Юнайтед»га ўтиши мумкин  3 10:24Неймар 2013 йилда нима учун «Реал»ни эмас, «Барселона»ни танлаганини тушунтириб берди  15 09:50Клаудио Раньери Довбикнинг ҳолати ҳақида маълумот берди  5 09:21«Арсенал» Германия терма жамоаси аъзосини ёзда текинга қўлга киритиши мумкин  1 08:53Месси келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди  14 08:25АПЛдаги мусулмон футболчилардан ташкил топган рамзий жамоа тузилди  5

PSJning muvaffaqiyatsiz 10 urinishi Yangiliklar

PSJning muvaffaqiyatsiz 10 urinishi

Har safar jamoaga nimadar to'siq bo'ladi.

Evropa CHempionlar Ligasida 1/8 final bellashuvlari yakunlandi va chorak finalchilar malum bo'ldi. PSJ kutilmaganda yana musobaqa bilan xayrlashdi. 

Parijliklar shuncha mablag', yulduzli tarkibga ega bo'lsa-da, maqsadga erisha olishmayapti. Quyida klubning omadsizlikari xususida so'z yuritamiz. 

PSJ prezidenti Nosir Al Helayfi qabul qilib olganidan beri jamoa 10 yildan beri CHempionlar Ligasida omadsizlikka duch kelmoqda. U o'tgan vaqt davomida futbolchilar xaridi va ularning ish haqiga 2 milliard evrodan ko'p mablag' sarflab yubordi. Bu orqali Evropa futbolini zabt etish maqsad qilingandi. Ammo futbolda pul evaziga ham erishib bo'lmaydigan armonlar yuzaga keladi.

Etiborlisi, jamoani faqat kuchli jamoalar musobaqadan chiqarib yuborgan. PSJ "Manchester Siti", "Real", "Bavariya", va "Barselona" jamoalari to'sig'idan o'ta olmagan. Finalga qadar etib kelib, hal qiluvchi bellashuvda yutqazib qo'ygan damlar ham bo'lgan.

Jamoa oxirgi o'n mavsumning 3 tasida nimchorak final bellashuvida raqibga yutqazib qo'yib, turnirdan chiqib ketgan. 4 tasida esa chorak finalda to'xtagan. 1 marotaba yarim final va 1 bor finalga qadar etib borgan.

Helayfi davridagi ilk yurish Karlo Anchelotti boshchilik qilgan vaqtda amalga oshirilgan. Biroq "Barselona" bilan bo'lib o'tgan bahsda PSJ safarda urilgan gol qoidasi tufayli turnirdan chiqib ketgan. Etiborlisi, Anchelotti "Real"ga yo'l olib, "qirollik klubi" bilan ECHL bosh sovriniga ega chiqqan.

Keyingi yillarda ham jamoa safar va uyda o'tkazib yuborilgan gollar evaziga musobaqadan chiqib ketavergan. Faqatgina "Barselona"dan uchralgan qashqatqich zarba tarixda qolgan. Uyda 4:0 hisobida muvaffaqiyatdan erkalanib ketgan PSJ Kataloniyada 6:1 hisobida taslim qilingan. Tomas Tuxel davrida parijliklar CHempionlar Ligasida muvaffaqiyatli yurish qilib, finalgacha etib kelishgan. Ammo hal qiluvchi bahsda "Bavariya"ga engilgan.

"Real" bilan bahsda ham ko'rinib qoldiki, PSJga tajriba etishmaydi. Parijdagi g'alabadan so'ng kichik ustunlik bor edi. "Santyago Bernabeu"dagi uchrashuvda ham Maurisio Pochettino shogirdlari birinchi golni urib olishgandi. Keyinchalik darvozabon Donnarummaning qo'pol xatosidan so'ng PSJ birin-ketin o'z darvozasidan to'plab olib chiqib, musobaqa bilan xayrlashdi. Vaholanki, jamoa tarkibiga qaralsa, bunday bo'lganiga odamni ishongisi kelmaydi. Axir, Neymar, Messi va Mbappe kabi yulduzlari bo'lgan PSJ yana turnir g'olibligidan mosuvo qolmoqda. 

Oxirgi 10 yildagi bellashuvlar:

2012/2013 yilgi mavsum. PSJ – "Barselona" (chorak final) – 2:2, 1:1

2013/2014. PSJ – "CHelsi" (chorak final) – 3:1, 0:2

2014/2015. PSJ – "Barselona" (chorak final) – 1:3, 0:2

2015/2016. PSJ – "Manchester Siti" (chorak final) – 2:2, 0:1

2016/2017. PSJ – "Barselona" (nimchorak final) – 4:0, 1:6

2017/2018. PSJ – "Real" (nimchorak final) – 1:3, 1:2

2018/2019. PSJ – "Manchester Yunayted" (nimchorak final) – 2:0, 1:3

2019/2020. PSJ – "Bavariya" (final) – 0:1

2020/2021. PSJ – "Manchester Siti" (yarim final) – 1:2, 0:2

2021/2022. PSJ – "Real" (nimchorak final) – 1:0, 1:3

Darvoqe, jamoa prezidenti Nosir Al Helayfini jiddiy jazo kutib turibdi. Qatarlik biznesmen "Real"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng o'zini qo'yarga joy topolmay, qo'liga ilingan buyumlarni uloqtirib yuboradi. SHuningdek, "Real" vakiliga "seni o'ldiraman", deya do'q uradi. 

UEFA esa allaqachon Helayfi bo'yicha surishtiruv ishlarini boshlagan va uning dag'dag'asi tushirilgan videoni ko'rib chiqyapti. Tez orada u bo'yicha jiddiy jazo tayinlanishi mumkin. Voqeallar rivojini kuzatishda davom etamiz.

Samandarbek tarjimasi

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика