PSJni yozda ikki etakchisi tark etishi mumkin
10 noy 2019 17:40
Yangiliklar


PSJni yozda ikki etakchisi tark etishi mumkin
"Le10Sport" xabariga ko'ra, PSJning bir necha yillik etakchilari jamoani tark etishlari mumkin.
Malumotlarga qaraganda, rahbariyatning Tyago Silva hamda Edinson Kavani bilan shartnomani uzaytirish borasidagi muzokaralari to'xtab qolgan va katta ehtimol bilan ular yozda jamoani tark etishadi. Futbolchilarning shartnomasi yozga qadar davom etadi.
Ayni damda braziliyalik himoyachining xizmatlariga Portugaliya va Braziliyaning grandlari qiziqish bildirmoqda. Kavani esa Xitoy yoki MLS chempionatlariga ko'chib o'tishi mumkin.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar