PSJga "Arsenal" hujumchisi kerak
30 apr 2023 13:53
Yangiliklar
PSJga "Arsenal" hujumchisi kerak
"Reyms"da ijarada o'ynayotgan "Arsenal" forvardi Folarin Balogun faoliyatini Franciyaning boshqa jamoasida davom ettirishi mumkin.
"L`Equipe" xabariga ko'ra, 21 yoshli futbolchiga PSJ tomonidan qiziqishlar bor.
Parij klubi tarkibni yoshartirish ishlarini boshlab yuborgan va shu sababli Balogunni tarkibiga qo'shib olmoqchi. Uning transfer summasi 30 mln evroga baholanmoqda.
Folarin "Arsenal" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning klub bilan shartnomasi 2025 yil yoziga qadar davom etadi.
U ushbu mavsumda Franciya chempionatining 31 o'yinida qatnashib, 18 gol urdi.
Fikrlar