PSJdagilar Messi bilan muzokaralar olib borilayotganini tasdiqlashdi
05 fev 2023 18:50
Yangiliklar


PSJdagilar Messi bilan muzokaralar olib borilayotganini tasdiqlashdi
PSJ sport direktori Luish Kampush hujumchi Leo Messi bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralar olib borilayotganini malum qildi.
"Yangi shartnomani muhokama qilyapmiz. U bizning loyihamizda ko'proq vaqt bo'lishini, biz bilan hamkorlik qilishini istayman. Agarda u shartnomani uzaytiradigan bo'lsa, bundan juda xursand bo'lardim", - dedi mutaxassis.
Argentinalikning PSJ bilan shartnomasi ushbu yozda yakunlanadi. 35 yoshli futbolchi ushbu mavsumda 18 o'yinda 10tadan gol va assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar