PSJ yanvarda "Milan" vice-sardori bilan shartnoma imzolamoqchi
29 okt 2020 18:30
Yangiliklar


PSJ yanvarda "Milan" vice-sardori bilan shartnoma imzolamoqchi
"Milan" darvozaboni Janluiji Donnarumma PSJ qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.
"Pari Sen-Jermen" sport direktori Leonardo 21 yoshli italiyalik darvozabonni Parijda ko'rmoqchi. Klub uning tashabbusi bilan yanvarda "rossonerilar" bilan muzokaralarni boshlashni rejalashtirmoqda.
Donnarummaning "Milan" bilan tuzgan shartnomasi joriy mavsumning so'nggiga qadar mo'ljallangan. Tomonlar bitimni uzaytirish borasida muzokaralar olib borishmoqda, ammo hali kelishuvga erishilmadi.
Agar "rossonerilar" yilning so'nggiga qadar shartnomani uzaytira olishmasa, futbolchi boshqa klub bilan to'g'ridan-to'g'ri muzokara olib borishi mumkin.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar