PSJ Xolandning agenti bilan muzokaralarni boshladi (Nikolo Skira)
06 okt 2021 07:53
Yangiliklar
PSJ Xolandning agenti bilan muzokaralarni boshladi (Nikolo Skira)
PSJ agar jamoadan forvard Kilian Mbappe ketsa, Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Erling Xolandni xarid qilmoqchi.
Parijliklar sport direktori Leonardo 21 yoshli norvegiyalikning agenti bo'lmish Mino Rayola bilan muzokaralarni boshladi.
Mbappening o'zi kelasi yozda shartnomasi tugaydigan PSJ bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmayapti. Futbolchi Ispaniyaning "Real" klubiga o'tmoqchi.
Xolandning shartnomasida 75 mln evrolik tovon puli bor. Og'zaki kelishuvga ko'ra, "Borussiya" futbolchining o'zi tanlagan klub bilan aloqa o'rnatadi.
Fikrlar