PSJ Xoakin Korreani o'z tarkibiga qo'shib olmoqchi
01 iyu 2021 12:17
Yangiliklar
PSJ Xoakin Korreani o'z tarkibiga qo'shib olmoqchi
Franciyaning PSJ jamoasi "Lacio" klubi hujumchisi Xoakin Korrea bilan shartnoma imzolash imkoniyatlarini ko'rib chiqmoqda.
Jurnalist Nikolo Skiraning yozishicha, klub italiyaliklar futbolchini 40-45 million evro atrofidagi taklif kelib tushsagina qo'yib yuborishi mumkin.
Parijliklar bu narxni yuqori hisoblamoqda, shuning uchun ular "Lacio"ga Pablo Sarabiani taklif qilish niyatida.
Avvalroq Korreaga "Tottenhem" va "Arsenal" klublari ham qiziqayotgani haqida habarlar tarqalgan edi.
Korrea yakuniga etgan mavsum barcha musobaqalar doirasida 38 marta maydonga tushdi va o'z hisobiga 11 gol va 6 assistni yozdirib qo'ydi.
Fikrlar