PSJ "Sevilya" himoyachisini nishonga oldi
12 fev 2021 15:20
Yangiliklar


PSJ "Sevilya" himoyachisini nishonga oldi
"Sevilya" himoyachisi Jyul Kunde faoliyatini Franciya chempionatida davom ettirishi mumkin.
22 yoshli franciyalik futbolchiga PSJ klubi qiziqish bildirmoqda. Parij grandi futbolchi uchun "Manchester Yunayted" va "Manchester Siti" klublari bilan raqobat qilishga tayyor.
Ehtimoliy transfer narxi 80 million evroga baholanmoqda. Kunde "Sevilya"ga 2019 yilning yozida "Bordo"dan o'tgan edi.
Jyul joriy mavsum La Liga doirasidagi 18ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar