PSJ Renatu Sanchesh bilan shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi
03 avg 2022 12:17
Yangiliklar
PSJ Renatu Sanchesh bilan shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi
"Lill" yarim himoyachisi Renatu Sanchesh faoliyatini PSJda davom ettiradi.
Parij klubi 24 yoshli portugaliyalik futbolchi bilan shaxsiy shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi.
Portugaliya terma jamoasi o'yinchisi amaldagi chempionlar safiga o'tishi uchun 15 million evro to'lanadi.
Sanshesh 2019 yilning avgustidan beri "Lill"da o'ynaydi. Transfermarkt portali o'yinchini 28 mln evroga baholamoqda.
Futbolchi o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 31ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 5ta assist qayd etdi.
Fikrlar