PSJ - "Real" uchrashuvini kim boshqaradi?
04 mar 2018 15:58
Yangiliklar
PSJ - "Real" uchrashuvini kim boshqaradi?
UEFA rasmiy sayti PSJ hamda "Real" o'rtasidagi CHempionlar ligasi 1/8 final javob uchrashuvida ishlaydigan hakam nomini elon qildi.
Parijda o'tadigan o'yinni nemis referisi Feliks Brix boshqaradi. Unga qanotlarda Marko Borsh va SHtefan Lupp yordam beradi. Hakamning darvoza ortidagi assistentlari - Bastian Dankert va Marko Fritc. O'yinning to'rtinchi referisi Markus Xaker bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, PSJ - "Real" uchrashuvi 6 mart kuni o'tkaziladi. Ushbu jamoalar o'rtasidagi ilk o'yin 3:1 hisobida "Qirollik klubi"ning g'alabasi bilan yakunlangan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar