PSJ rahbariyati yana Neymarni sotish haqida o'ylab qoldi
13 fev 2023 12:19
Yangiliklar
"Le Parisien" xabariga ko'ra, parijliklar rahbariyati yozda braziliyalikni sotish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.
2022 yilning may oyida PSJ qiziq taklif tushgan taqdirda Neymar bilan xayrlashmoqchi ekani xabar qilingandi. Yozishlaricha, Kilian Mbappe hujumchini sotishni so'ragan. Braziliyalik futbolchi esa ketmoqchi emasligi aytilgan edi.
Avvalroq Neymar va Markinos Liga 1 doirasidagi "Monako"dan uchralgan mag'lubiyatdan (1:3) keyin PSJning futbol masalalari bo'yicha maslahatchisi Luish Kampush bilan janjallashgani malum bo'lgandi.
31 yoshli hujumchi joriy mavsum PSJ safida 27 ta o'yinda ishtirok etib, 17 ta gol urdi va 15 ta golga assistentlik qildi. JCH-2022dan buyon u klub safida 6 ta uchrashuvda 2 ta to'p kiritdi hamda 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar