PSJ rahbariyati Neymarni saqlab qolish uchun juda katta pul sarflaydi

Tolibjon Qosimov
16 fev 2018, 20:32
PSJ rahbariyati "Real" qiziqish bildirayotgan Neymarni saqlab qolmoqchi.

"El Confidencial"ning ma'lumotiga ko'ra, qatarlik xo'jayinlar moliyaviy feyr-pleyga yangicha yondashuvni o'ylab topishdi.

Neymar 2022 yil Qatarda bo'lib o'tadigan Jahon chempionatining yuzi bo'ladi. Buning uchun u PSJda olayotgan maoshidan tashqari, 50 million evro oladi.



Tomonlar shartnoma borasida kelishib olishgan. PSJ rahbarlari hozircha bu haqda rasman e'lon qilishmadi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: El Confidencial