PSJ qatarliklar qo'liga o'tganidan buyon Liga 1 da eng yomon natijasini ko'rsatmoqda
22 fev 2021 09:56
Yangiliklar


PSJ qatarliklar qo'liga o'tganidan buyon Liga 1 da eng yomon natijasini ko'rsatmoqda
PSJ Franciya chempionati doirasida "Monako"ga yutqazib qo'ydi.
Bu parijliklarning ushbu mavsumda Franciya chempionatidagi oltinchi mag'lubiyati bo'ldi. Bu klub uchun 2010/11 yilgi mavsumdan buyon eng yomon natija hisoblanadi. O'sha yili jamoa mavsum davomida 8 ta o'yinda yutqazgandi.
2011/12 yilgi mavsumda esa klubni Qatarning Qatar Sports Investments fondi xarid qildi. Ayni paytda PSJ turnir jadvalida uchinchi o'rinni egallab turibdi. Bu klub qatarliklar qo'liga o'tganidan buyon qayd etilayotgan eng yomon natija hisoblanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar