PSJ prezidenti pora berishda ayblanyapti

Aslanov Jasurbek
23 may 2019, 18:45
PSJ prezidenti Nosir Al Helayfi qonun bilan muammoga duch keldi.

Fransiya sudi Parij klubi rahbarini korrupsiyada ayblamoqda. Ma'lumotlarga ko'ra, 2011 yilda Al-Helayfi va uning akasi Holid egalik qiladigan Oryx Qatar Investment kompaniyasi 2019 yilda engil atletika bo'yicha bo'ladigan jahon chempionati mezbonini aniqlashda Xalqaro engil atletika sobiq prezidenti o'g'lining hisobiga 3,5 mln. evro o'tkazib bergan ekan.

Qatar engil atletika bo'yicha 2017 va 2019 yillardagi jahon chempionatiga mezbonlik qilmoqchi edi, ammo ular faqat ikkinchi muddat uchun tanlovda g'olib chiqishdi. Ikki yil avvalgi musobaqa Londonda bo'lib o'tgan edi.

Oldinroq, PSJning qatarlik egalari klubdan ketmoqchi ekanligi haqida xabarlar paydo bo'lgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AFP