PSJ Pogbaga 12 million evro to'lashga tayyor
20 may 2022 10:16
Yangiliklar
PSJ Pogbaga 12 million evro to'lashga tayyor
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba faoliyatini Franciyada davom ettirishi mumkin.
PSJ Franciya terma jamoasi o'yinchisi uchun 12 million evro miqdoridagi mablag'ni to'lashga tayyor.
Pogbaning Angliya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2021/22 yilgi mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan. O'yinchi yozda erkin agentga aylanadi.
Pogba joriy mavsum 27ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 9ta assist qayd etdi.
Fikrlar