PSJ Pepe uchun 85 million evro to'lashga tayyor
23 iyu 2019 21:05
Yangiliklar


PSJ Pepe uchun 85 million evro to'lashga tayyor
PSJ klubi "Lill" hujumchisi Nikolya Pepe uchun 85 mln. evro to'lashga tayyor bo'lib turibdi.
Ushbu xabarni Le10sport nashri tasdiqladi. Manbaga ko'ra, parijliklar "Barselona"ga qaytishni xohlayotgan Neymar o'rniga aynan ivuarlik futbolchini afzal ko'rishmoqda.
SHuningdek, Pepe uchun "Inter", "Atletiko", "Liverpul", "Manchester Yunayted", "Arsenal" va "Bavariya" singari Evropaning grand jamoalari qiziqish bildirishmoqda.
24 yoshli forvard 2017 yili yozda "Anje" klubidan 10 million evro evaziga kelib qo'shilgandi. Ortda qolgan mavsum Pepe Franciya chempionatining barcha uchrashuvlarida ishtirok etdi va 22 ta gol urdi (+11 ta assist).
O’xshash yangiliklar

Fikrlar