PSJ "Park de Prens" sig'imini 70 000 o'ringa etkazmoqchi edi, ammo...
19 jan 2023 13:50
Yangiliklar
PSJ "Park de Prens"dagi o'rindiqlar sonini 70 000 ta qilmoqchi edi. Biroq "Le Parisien" nashrining xabar berishicha, arxitektura tadqiqotlari shuni ko'rsatdiki, stadionni hatto 60 000 o'ringacha kengaytirish ham mumkin emas.
Parij halqa yo'li stadion ostida joylashgani uchun maydon balandligini kamaytirishning iloji yo'q. Stadionni asos evaziga kengaytirish mumkin emas, chunki "Park de Prens" tarixiy obidalar ro'yxati qatoriga kiritilgan, Parij hukumati esa stadionning klubga sotilishiga qarshi. Sig'imni oshirishning yagona yo'li tribunalarning egilishini o'zgartirishdir, ammo bu holda 47 929 tomoshabinga mo'ljallangan stadion sig'imi atigi 55 000 kishigacha ko'tariladi.
Nashrning yozishicha, PSJ chiptalar savdosidan tushadigan daromadni oshirish maqsadida VIP-lojalar sonini ko'paytirish variantini ko'rib chiqmoqda. Qolaversa, kelajakda yangi stadion qurilishi ham inkor etilmayapti.
Fikrlar