PSJ o'yinchilari Mbappega tug'ilgan kunida 2050 raqamli libos sovg'a qilishdi
21 dek 2021 14:11
Yangiliklar
PSJ o'yinchilari Mbappega tug'ilgan kunida 2050 raqamli libos sovg'a qilishdi
PSJ forvardi Kilian Mbappe kecha tug'ilgan kunini nishonladi.
Franciyalik o'yinchi 23 yoshni qarshi oldi. Tug'ilgan kun kechasida Parij klubi o'yinchilari Mbappega shartnomani uzaytirishga shama qilingan orqasida 2050 raqamli libosni sovg'a qilishdi.
Oldinroq, PSJ sport direktori Leonardo Mbappening butun hayotini Parij klubida o'tkazishini xohlashini aytgandi. Futbolchining o'zi esa "Real" libosini kiyishni orzu qiladi.
Futbolchi joriy mavsum 23ta o'yinda maydonga tushib, 13ta gol va 14ta assist qayd etdi.
Fikrlar