PSJ Neymar uchun "Real"ning ikki asosiy futbolchisini so'ramoqda
18 avg 2019 21:54
Yangiliklar


PSJ Neymar uchun "Real"ning ikki asosiy futbolchisini so'ramoqda
Xabaringiz bor, ayni paytda PSJ hujumchisi Neymar Juniorning Ispaniyaga qaytishi mumkinligi ko'p muhokamalarga sabab bo'lmoqda.
Hozirda braziliyalik noyob iqtidor egasi uchun "Real" va "Barselona" jiddiy kurash olib bormoqda.
Bundan foydalanib qolmoqchi bo'lgan, parijliklar rahbariyati Neymarni madridliklar safiga qo'yib yuborishi mumkinligini aytib o'tgan. Buning uchun, "Real" ikki asosiy futbolchisi Vinisius Junior va Rafael Varandan voz kechishi kerak, deya xabar bermoqda Telefoot nashri.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar