PSJ Neymar bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralarni boshladi
12 okt 2019 00:05
Yangiliklar


PSJ Neymar bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralarni boshladi
Calcio Mercato muxbirining xabariga ko'ra, PSJ rahbariyati klub forvardi Neymar bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralarni boshladi.
Ushbu kelishuvni amalga oshirish uchun parijliklar sport direktori Leonardo Araujo jiddiy kirishgan. Braziliyalik forvardning amaldagi shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan bo'lib, jamoa uni yana 2 yilga uzaytirish niyatida.
27 yoshli hujumchi joriy mavsum Franciya chempionatining 5 o'yinida maydonga tushib, o'z hisobiga 4ta gol yozdirib qo'ydi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar