PSJ murabbiyi Kavani va Ikardi o'rtasidagi raqobat haqida gapirdi
10 fev 2020 11:33
Yangiliklar


PSJ murabbiyi Kavani va Ikardi o'rtasidagi raqobat haqida gapirdi
Edinson Kavani shartnomasi yakuniga etayotgan bir paytda PSJda gollar urishni boshladi.
Urugvaylik futbolchi "Lion"ga qarshi o'yinda muhim gol urdi. Ikardi esa dekabrdan buyon faqat bittagina gol urdi. Ularning raqobati haqida PSJ bosh murabbiyi Tomas Tuxel fikr bildirdi.
"Kavani mashg'ulotlarni kuchaytirmoqda. Uning to'liq quvvat bilan ishlashi juda muhim. Bizga uning tajribasi kerak.
Ikardi yuqori sifatda o'ynamoqda. Ishonch gollar orqali keladi, shunday ekan u ham ishlashda davom etmoqda", - deydi Tuxel.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar