"PSJ" "Monako"ga qarshi Messining ettinchi "Oltin to'p"iga bag'ishlangan maxsus libosda o'ynaydi
12 dek 2021 23:28
Yangiliklar
"PSJ" "Monako"ga qarshi Messining ettinchi "Oltin to'p"iga bag'ishlangan maxsus libosda o'ynaydi
Parijliklar "Oltin to'p"ning amaldagi sohibi ushbu klubda to'p surayotganini yana bir bor eslatib qo'yishga qaror qildi.
Franciya chempionati doirasida "Monako"ga qarshi o'yinda poytaxtliklar Lionel Messining g'alabasiga bag'ishlangan maxsus libosda maydonga tushadi.
PSJ futbolchilarining ismlari va raqamlari oltin rangda aks etadi. SHuningdek, klub liboslarni sotuvga qo'ygan va ularni bevosita stadionga kiraverishda xarid qilish mumkin.
Eslatib o'tamiz, uchrashuv Toshkent vaqti bilan 00:45 da boshlanadi.
Fikrlar